Faqatgina bir ilinj ularning yuragida umid çiroğini yoqqan. Bu ham bölsa, “Taşabbusli budjet”ga Konimexda yakka-yolğizlar uçun uy qurib beriş borasida taklif kiritilgani va uning köp ovoz töplab, ğolib bölgani.

“Keçqurun ölib qolişdan qörqaman”
Nazira Xolova 1957 yilda Konimexda oddiy işçi oilasida tavallud topgan. Yoşligida hamma insonlar kabi u ham nurli kelajakni orzu qilgan. Biroq hayot uni oğir sinovlar girdobiga uloqtirdi. Turmuş örtoği vafosizlik qilib, taşlab ketdi. Yagona farzandi ham gödaklik paytida vafot etdi. Bu ğamlar uni erta qaritdi. Qolaversa, umrining katta qismi uysizlikda, yolğiz ötdi. Turli manzillarda ijarada yaşaş qismatida bor ekan. Aka-ukalari ham iqtisodiy imkoniyatlari yetmaganligi sababli öz rözğorlaridan ortib, unga uy qurib berişolmadi.

Ötmaydigan kun-ku yöq. Nazira opani hammasidan ham YoLĞIZLIK atalmiş ulkan iztirob öz domiga tortib ketgandi. U hamon ana şu iztirob iskanjasida, oğir şaroitda yaşamoqda.
“Yolğizlikdan yomon narsa yöq. Keçqurun ölib qolişdan qörqaman. Qaçon tong otarkin, qöni-qöşnilarimni körarkanman, deb kutib çiqaman. Mening ham orzularim köp edi, bola-çaqali, uyli-joyli bölişni, yaxşi hayot keçirişni istardim. Bir özim yolğiz va bunaqa şaroitda qolaman deb heç öylamaganman. Lekin hayot ekan. Bir yil içida 5-6 joyga köçdim. Köç-köronni kötarib, ijarada yaşaş qiyin. Bizga uy qurib berilayotganini eşitib, yiğlab yubordim. Taşabbusni boşlaganlarga, ovoz berganlarga rahmat aytaman”, – deydi Nazira Xolova.

Nazira opa özi uçun taom tayyorlaydi, çoy qaynatadi. Uy yumuşlarini qilgan böladi, özini çalğitişga urinadi. Ayni kunlarda öz uyi bölişini öylab, kunlari umid va quvonç bilan ötmoqda.
Közi ojiz otaxonning iztiroblari
Qulnazar Abdurahmonovning dardi Nazira Xolovanikidan ham ayançliroq. 66 yoşni qarşilagan otaxon köp yillar Konimex çöllarida çorva ortidan yurib, çöponlik qilgan. 1985 yilda turmuş örtoği yakka-yu yagona öğlini olib, Qozoğistonga köçib ketadi. Oradan şunça vaqt ötganiga qaramay, öğil otasi holidan xabar olmagan, izlab kelmagan.















