17 Dekabr

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining 50-sessiyasida samarqandliklarga murojaat qildi. Turdimov nutqi davomida 2021 yil viloyatda amalga oshirilgan ishlar va kelasi yilda qanday rejalar ko‘zlanayotgani haqida ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani aholisiga tarqatiladigan unni olish uchun Narpay tumaniga borgan yangi mashina hali raqami olishga muddati bo‘lishiga qaramasdan jarima maydonchasiga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat hokimligi majlislar zalida samarqandliklarga murojaat qilmoqda. Murojaatda taqdim etilgan ko‘rgazmada viloyatning yalpi hududiy mahsuloti haqida ma’lumot berildi.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat hokimligi majlislar zalida samarqandliklarga murojaat qilmoqda. Murojaat davomida Turdimov aholi bilan uchrashuvlarda ko‘pchilik moddiy yordam so‘rashi haqida gapirib, bunday qarashni o‘zgartirish kerakligini aytdi.

Samarqand viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandliklarga murojaat qilmoqda. Turdimov o‘tgan 2021 yil davomida Samarqandda nima ishlar qilingani va kelasi yilda nima ishlar rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot berdi.

16 Dekabr

Samarqand shahri Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi oilada uch nafar o‘g‘il egizak tug‘ilgan. Bu haqda Kun.uz’ga tuman FHDYo mudirasi Marjona Sag‘dullayeva xabar berdi.

15 Dekabr

2021 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro H.Umarova tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi sud qarorini bajarmayotgani aytilgan xabar tarqalgan. MIB Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

14 Dekabr

Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkazilgan videoselektorda prezident yirik, zamonaviy savdo va ko‘ngilochar maskanlar ushbu shaharlarning «tashrif qog‘ozi»ga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

2021 yil 3 dekabr kuni Kun.uz’da Bulung‘urda gaz idorasi xodimlari aholining 194 ta gaz ballonini o‘zlashtirib yuborgani aytilgan maqola e’lon qilingandi. Bu tumanda o‘zlashtirilgan ballonlar soni 2 mingdan oshiq bo‘lishi mumkin.

Kun.uz’da bir emas, ikki marta tanqid ostiga olingan Urgutdagi muammo nihoyat bartaraf etilmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq va tez yordam majmualariga kirish yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qilinmoqda.

Samarqand viloyati Nurobod tumanida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlangan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top