Samarqand şahri Kimyogarlar qörğonida joylaşgan köp qavatli uydagi xonadonda yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 16 dekabr kuni soat 03:20 da Samarqand şahri Madaniyat mahallasidagi 19-uy 22-xonadonda yonğin sodir bölayotganligi töğrisida viloyat FVB xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:31 da yetib borgan. Yonğin soat 03:36 da qurşab olingan va 04:01 da bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida xonadonning taxminan 3 metr kvadrat maydonida uy jihozlari (gilam, körpaça) yonib zararlangan. Hodisada heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan.
Qayd etilişiça, hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












