Bundan bir neça kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi Navröz boğida 5 mingta şar uçirilişi haqida video tarqaldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, şarlar yöq qilingan.

Ma’lum qilinişiça, Ekologiya vazirligi va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat işçi guruh voqea joyida bölib, holat yuzasidan örganiş işlarini olib borgan. Örganiş davomida şarlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirilgan.

“Ta’kidlaş joizki, vazirlik tomonidan plastik öyinçoqlar, şarlarni uçiriş, tabiatni ifloslantirişga, çiqindilar bilan töldirişga sabab böladigan boşqa şu kabi tadbirlar doimiy tarzda qoralab kelinmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Yangi Özbekiston boğida 10 000 ta plastik ördakçalar tuşirilmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan, vazirlik bu holat yuzasidan keskin munosabat bildirgan va bu tadbir bekor qilingan edi.

Ma’lumot uçun, 2024 yil 29 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni ötkazişda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş va jamoat tartibini saqlaş böyiça talablarni kuçaytiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga köra, ommaviy tadbirlarda fuqarolarni reklama, aksiya va boşqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boşqa mahsulotlar va tovar moddiy boyliklarini bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxlarda sotiş orqali jalb qiliş taqiqlandi.

“Ekologiya vazirligi bu kabi holatlarga çek qöyiş maqsadida jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş tarafdori. Şuning uçun ekologiyaga befarq bölmagan yurtdoşlarimizni plastik öyinçoqlar, şarlar uçiriş kabi tadbirlarga yöl qöymaslik, bunday tadbirlarda iştirok etmaslikka çaqiramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.