Logistika forumida soha mutaxassislari, siyosatçilar va biznes egalari ikki mamlakat örtasidagi savdo va aloqalarni kengaytiriş strategiyalarini muhokama qildi. 

Forum iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovçi muhim tarmoqlar hisoblangan — logistika va transport sohasida yangi yönalişlarni örganiş va hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun platforma bölib xizmat qilmoqda.

Uşbu forumdagi muhokamalar tranzit vaqtlarini sezilarli darajada qisqartiriş, xarajatlarni kamaytiriş va ta’minot zanjirlarining umumiy samaradorligini oşiriş mumkin bölgan siyosat va amaliyotlarga yöl oçişi aytildi.

Ma’lumot uçun, Pokistonning strategik joylaşuvi Janubiy va Markaziy Osiyo hamda yaqin Şarqni boğlab, Arab dengizi va asosiy dengiz yöllariga kiriş eşigi bölib xizmat qiladi. Pokistonning avtomobil yöllari, Gvadar va Karaçi portlari hamda yaxşilangan temiryöl aloqalarini öz içiga olgan infratuzilmaga kiritadigan investitsiyalari tranzit savdosi samaradorligini oşiradi.

Logistika sektori ikki mamlakat örtasidagi savdo-tranzit munosabatlarini yanada mustahkamlaş uçun katta ahamiyatga ega. Şu maqsadda bugun bölib ötgan forum Pokiston va Özbekistonning davlat va xususiy kompaniyalari hamda logistika sohasidagi yetakçi iştirokçilar, şuningdek, manfaatdor tomonlarni ikki tomonlama va tranzit savdosini oşiriş uçun yangi imkoniyatlarni örganişga jalb qildi.

Batafsil ma’lumot uçun: E-mail: [email protected]

Reklama huquqi asosida