Yevropa çempionatida navbatdagi kun — 1/8 finalning navbatdagi juftliklari. Bu safar angliyaliklar slovaklarni, ispanlar — gurjistonliklarni yengişga harakat qiladi. Çorakfinalga çiqiş uçun kimda qanday imkoniyat?

Angliya — Slovakiya: Sautgeyt uçun ilk sinov (21:00 / ZörTV)

Angliya milliy jamoasi guruhida birinçi örin bilan pley-offga çiqqandi. Natija bor, ammo Garet Sautgeyt jamoasi juda zerikarli futbol namoyiş etmoqda. Angliyaliklar guruh bosqiçidagi uç öyinda atigi ikkita gol urişdi. Va bu ularga kvartetda birinçi örinni oliş uçun yetarli böldi. Jamoa dastlab Serbiyani yengdi (1:0), keyin Daniya (1:1) va Sloveniya (0:0) bilan durang qayd etdi. Boşqa tomondan, uç yil oldin ham inglizlar guruhda atigi ikki gol urgan (öşanda yetti oçko jamğarilgan), keyin esa Yevro finaliga qadar yetib borilgandi.

Slovaklar barça jamoalar törttadan oçko jamğargan guruhda iştirok etdi. Bunda töplar nisbati hal qiluvçi böldi. Natijada Slovakiya uçinçi örin bilan 1/8 finalga çiqdi. Jamoa dastlab Belgiyani mağlub etdi (1:0), keyin Ukraina bosimiga doş berolmadi (1:2), sönggi turda esa Ruminiyaga qarşi har ikki tomonni durang qoniqtiradigan öyinda durang qayd etildi (1:1). Slovaklar mustaqil davlat bölganidan buyon biror marta Yevropa çempionatlari çorakfinallariga çiqmagan. Jamoa pley-offda faqat bir marta, 2016 yilda öynagan va 1/8 finalda Germaniyaga yirik hisobda yutqazgan (0:3).

Angliya bu Yevroda haddan taşqari zerikarli va pragmatik öyini bilan ajralib turibdi. Ammo jamoa hamon turnir ğolibligi uçun favoritlardan biri bölib qolmoqda. Çunki «Uç şerlar»ning pley-offdagi yölida asosiy raqobatçilar yöq — Fransiya, Ispaniya, Germaniya va Portugaliya finalgaça boşqa yöldan boradi.

Pley-offdagi ilk raqib bölmiş Slovakiya turnir startida Belgiyani yengib, sensatsiya kötargandi. Jamoa butun öyin davomida kuçli raqib bosimiga doş berib turişi mumkin, lekin jamoaning örtaça yoşi ança katta: asosiy futbolçilardan faqat Xansko va Bojyenik 28 yoşdan kiçikroq, yetakçilar esa — 37 yoşli Pekarik hamda Kutska, şuningdek, 35 yoşli Dubravka.

Asosiy masala — turnirning örtaça yoşi eng uluğ jamoasining kuçi qançagaça yetadi? Slovaklar guruhdagi barça uç uçraşuvni amalda bir xil tarkibda ötkazdi va yetakçilar ançagina holdan toyişdi.

Angliyadan esa yorqin hujumkor futbol kutiş qiyin. Pley-off tajriba ötkazadigan vaqt emas. Şu bilan birga, Trippiyer jamoa hujumda faollaşişi lozimligini aytgan: «Biz tajovuzkorlik bilan pressing qilişimiz va öz futbolçilarimiz darajasidan kelib çiqqan holda ança köproq vaziyatlar yaratişimiz mumkin».