Maqolada kötarilgan mavzu böyiça “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati munosabat bildirdi. Unda ma’lum qilinişiça, 2021 yil oktyabr oyida “Hududgazta’minot” AJning 2021 yil 30 sentyabrdagi 44-F farmoyişiga asosan işçi guruhi taşkil etilib Samarqand viloyatida örganişlar olib borilgan.
Işçi guruh tomonidan Bulunğur tumanida 54 ta MFYdagi 28 mingta suyultirilgan gaz iste’molçilari ta’minoti örganilgan. Örganiş davomida iste’molçilarning suyultirilgan gaz ballonlari “Bulunğurtumangaz” bölimi xodimlari tomonidan aylanma tara sifatida foydalanilib öz vaqtida qaytarib berilmagani aniqlangan.
Jumladan, “Çangal-1” MFYda 200 dona, “Çöyantepa” MFYda 152 dona, “Gulzor” MFYda 148 dona, “Çorvoq” MFYda 194 dona va yana bir qator mahallalarda töldirib beriş uçun olib ketilgan gaz ballonlar iste’molçilarga qaytarilmagan. Bu haqda MFY raislari va vakillari tomonidan murojaat va e’tirozlar bildirilgan hamda gaz ballonlar qaytarib berilmagan jami 2 212 ta iste’molçidan arizalar olingan.
Örganiş natijalari böyiça töplangan hujjatlar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining 2021 yil 4 noyabrdagi 35-04-35-1293 sonli xati bilan DXX Samarqand viloyati boşqarmasiga taqdim etilgan.
Qayd etilişiça, bugungi kunda filial manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni undiriş va qonuniy çora köriş böyiça tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Şuningdek, iste’molçilar foydalanib turişi uçun va vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar jami 3 545 dan ortiq gaz ballon iste’molçilarga foydalaniş uçun yetkazib berildi. Işçi guruhi tomonidan örganilgan payt Çorboğ mahallasidan 9 ta ballon olib ketilganligi töğrisida murojaat kelib tuşgan”, deyiladi munosabatda.
Ammo avvalroq “Bulunğurtumangaz” bölimi mutasaddilari Kun.uz muxbirining telefon orqali bergan savollariga javoban “Çorboğ” MFYda 194 ta gaz ballon olib ketilib qaytarib berilmaganini ma’lum qilgandi.
Bundan taşqari, “Çorboğ” MFY aholisi Kun.uz’ga yöllagan murojaatida “Bulunğurtumangaz” bölimi xodimlari ularga vaqtinçalik gaz ballonlarni bermaganini va hozirgi kunda çorasiz qolayotganlarini ma’lum qilişgan.
Bulunğurda gaz idorasi xodimlari aholining gaz ballonlarini özlaştirib yuborgani aniqlandi

















