Samarqand xalqaro aeroporti qayta işga tuşişi munosabati bilan Uzbekistan Airways bir qator mahalliy va xalqaro parvozlarni tiklaydi.

Kompaniya matbuot xizmati xabar qilişiça, Samarqand xalqaro aeroporti qayta oçilişi munosabati bilan Uzbekistan Airways 17 dekabrdan boşlab quyidagi qatnovlarni tiklaydi:

  • Toşkent–Samarqand–Toşkent;
  • Samarqand–Moskva–Samarqand;
  • Samarqand–Istanbul–Samarqand;
  • Samarqand–Olmaota–Samarqand;
  • Samarqand–Sankt-Peterburg–Samarqand.

Aviaçiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib oliş mumkin.

Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtinça yopilişi ma'lum qilingandi. Keyinçalik bu muddat 15 dekabrgaça uzaytirilgan edi. Şu munosabat bilan Samarqand xalqaro aeroportining aviaqatnovlari vaqtinça Navoiy, Buxoro, Qarşi xalqaro aeroportlariga yönaltirildi. Aeroport 10 dekabrda qayta işga tuşdi.