3 Noyabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida mahalladoshining uyidan tilla buyumlarni o‘g‘irlagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

2 Noyabr

Termiz shahrida arzon uy olib berishini aytib fuqaroning 1 700 dollar va 5,5 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.

Termiz shahrida Spark mashinasini boshqarib ketayotgan  maktab o‘quvchisiga chora ko‘rilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

1 Noyabr

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yuqumli kasalliklar shifoxonasida chiqindilarni joylashtirish tartibi buzilgani aniqlangan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2021 yil 9 oy davomida davlat foydasiga 474 milliard so‘m undirilgan. Bu haqda joriy yil 29 oktyabr kuni MIB viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yer sotishini aytib fuqaroning 29 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

31 Oktabr

Joriy yil 12 oktyabr kuni Kun.uz’da Termiz shahar «Manguzar» MFYda joylashgan 2 qavatli uylar kanalizatsiyaga ulanmagani ortidan aholi aziyat chekayotgani haqida tanqidiy maqola berilgan edi. Termiz shahar hokimligi maqola yuzasidan bildirgan munosabatida mablag‘ ajratilsagina muammoni 2022 yil uchinchi chorakda hal qilinishini ma'lum qildi.

“Qarindoshlarimiz o‘rtasida qurilgan oilalar shunchalik ko‘pki, qaysi biri qanaqa qarindoshligini eslab qolish ham qiyin. Masalan, amakim singlisiga qiz bergan, tog‘am xolam bilan quda bo‘lgan...”

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar Alisher Navoiy shohko‘chasini ta'mirlash ishlari 2019 yilda boshlangani, biroq hanuzgacha tugatilmagani aytilgan xabarlar tarqaldi. Termiz shahar hokimligi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

30 Oktabr

Surxondaryo viloyatida joriy yil 9 oy davomida MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 17ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Ularning natijasiga ko‘ra 3 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqda 2021 yil 29 oktabr kuni MIB viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida harakatlanish paytida boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi gaz quvuriga urilgan Damas yonib ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyatida 17 ming 110 nafar qarzdorga nisbatan xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgan. Bu haqda 2021 yil 29 oktabr kuni MIB viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Ko`proq yangiliklar
Top