Özbekistonda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qiliş orqali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş va ularga malaka toifalari beriş borasida mutlaqo yangi şaffof va adolatli tizim yaratilgan.
27 iyun kuni Soğliqni saqlaş vazirligining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholaş jarayonlarini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi buyruği qabul qilindi.
Uşbu hujjat bilan qanday vazifalarni amalga oşiriş belgilangani haqida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholaş markazi direktori Sanjar Şaripov batafsil gapirib berdi:
— Buyruqqa asosan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini körsatişning har bir bosqiçida murojaatlar körib çiqilişini töğridan töğri kuzatib boriş tartibi takomillaştirib borilişi belgilandi. Imtihon savollari bazasi sohadagi özgarişlarga köra, har yili 1 sentabrga qadar muntazam ravişda yangilab boriladi.
Şu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi, oliy tibbiy ta’lim muassasalari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi, Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri, Toşkent şahar va viloyatlar soğliqni saqlaş boşqarmalari boşliqlariga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- tasarrufidagi davolaş-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan şifokor va farmatsevtlarni amaldagi malaka toifasining muddati tugaşidan olti oy oldin navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötişi lozimligi töğrisida yozma ravişda xabardor qiliş;
- tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi bilan taniştirilişi hamda attestatsiyadan ötiş uçun hujjat topşiriş boşlangunga qadar ularning malaka oşirişini taşkil etiş;
- tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan ötişi uçun hujjatlarini tayyorlaşi va öz vaqtida topşirişiga zaruriy şart-şaroitlar yaratib beriş;
- tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini öz vaqtida attestatsiyadan ötişini ta’minlaş maqsadida malaka toifasiga ega bölgan va bölmagan mutaxassislarning doimiy monitoringini yuritiş;
- malaka toifasiga ega bölgan va bölmagan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlari töğrisidagi ma’lumotlarning yillik tahliliy jadvalini örnatilgan tartibda keyingi yilning 1 fevraliga qadar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholaş markaziga topşirilişini ta’minlaş.








