Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida qişloqqa ayiq kelib qoldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqiç hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tuğdirgan. Ayiqni zararsizlantiriş jarayonida u IIB xodimlaridan biriga taşlangan va jarohat yetkazgan.
Ayiq 74-sonli maktab hududiga ham kirgan. Holat kutilmaganda yuz bergan va ayiq tajovuzkor harakat qilgan. Yirtqiç maktab öquvçilari hayotiga xavf tuğdirganligi sababli tezkor çora köriş talab qilingan va u otib öldirilgan.
Jarohat olgan IIB xodimi tibbiy tekşiruvdan ötkazilgan.
Avvalroq Jizzaxdagi Çakan qişloğiga toğdan ayiq tuşib kelgani xabar qilingandi.

















