Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yöl harakati qoidalarini buzib, “Kamaz” yuk maşinasini boşqargan va YTH sodir etib, inson ölimiga sabab bölgan haydovçiga hukm öqildi.

“Zamon” dasturida berilgan videolavhada aytilişiça, hodisa 2024 yil 16 mart kuni soat 10:40 larda sodir bölgan.

Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida yaşovçi 31 yoşli haydovçi yuk maşinasi bilan Termiz tumanidan ötuvçi M-41 va M39 avtomobil yöllari kesişgan çorrahada svetoforning ogohlantiruvçi çiroğiga qaramay yölida davom etgan.

Şunda yuk maşinasi öz yölidan kelayotgan “Damas” maşinasi bilan töqnaşgan. Oqibatda “Damas” haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan va haydovçi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Jinoyat işlari böyiça Termiz tumani sudida ötkazilgan sud majlisida haydovçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan. U jabrlanuvçining oila a’zolariga yetkazilgan moddiy zararning qoplangani inobatga olinib, 1 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etilgan.

Şuningdek, haydovçi bir yil muddatga (!) barça turdagi transport vositalarini boşqarişdan mahrum etilgan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buzib odam ölimiga sababçi böliş) 7 yilgaça qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Avvalroq, xuddi şu modda bilan ayblangan Zomin tumanida yaşovçi talaba Yoşlar işlari agentligi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingandi.

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzib, odam ölimiga sababçi bölayotgan haydovçilarning yetarliça jazo olmasligi holatlari jamoatçilikning e’tiroziga sabab bölmoqda.

Biroq mutasaddilar odam ölimiga sabab bölgan qoidabuzarlar uçun jazoni keskinlaştiriş örniga, sudlarda ularga juda yengil jazo tayinlanmoqda. Jizzaxdagi va Surxondaryodagi holatlar bunga yaqqol dalil.