Surxondaryoda qarzdorlik tufayli 17 ming 110 nafar shaxsga xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgani ma'lum qilindi
Surxondaryo viloyatida 17 ming 110 nafar qarzdorga nisbatan xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgan. Bu haqda 2021 yil 29 oktabr kuni MIB viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari tomonidan viloyatda 17 ming 110 nafar qarzdorga nisbatan xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgan, 803 nafar qarzdorga qidiruv e'lon qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi 808-son qaroriga asosan aliment to‘lash majburiyatini garov bilan ta'minlaganlik uchun 91 nafar aliment to‘lovchilarning xorijga chiqish huquqlari tiklab berilgan.
Shuningdek, O‘zbekistondan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritilgani munosabati bilan sudlar tomonidan bekor qilingan 311 nafar qarzdorga xorijga chiqishga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan.
Ta'kidlanishicha, boshqarmaning qidiruv shu'basi tomonidan 2021 yil 9 oyi davomida 803 nafar qarzdorga va 122 ta avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan. Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida 475 nafar (shundan, 467 nafari aliment qarzdorlari) qarzdor shaxs topilib, ulardan 368,7 million so‘m aliment qarzlari undirilgan. Qidiruvda bo‘lgan 122 ta avtotransport vositalaridan 96 tasi topilib, ular bo‘yicha qarzdorlardan jami 55 milliard 134,7 million so‘m qarz undirilgan.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ixtiyoriy bajarmagan 918 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 02.11.2024
Chiqindidan qarzdorlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi. Mas’ullar yangi tizim tartibini tushuntirdi
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
19:37 / 25.09.2024