«Özbekiston temir yöllari» kompaniyasi keyinga haftaning oxirida Ispaniyaning Talgo kompaniyasining ikkita tezyurar elektropoyezdini sotib oliş böyiça şartnomani imzolaydi, deb xabar bermoqda kompaniyaning boşqaruv raisi birinçi örinbosari Davron Dehqonovga iqtibos keltirgan holda Sputnik naşri.

Dehqonovning aytişiça, Talgo rahbariyati keyingi haftada 5-6 noyabrda bölib ötadigan Xalqaro investitsion anjumanda iştirok etiş uçun keladi, aynan şu anjuman davomida tegişli şartnoma imzolanadi.

Dehqonov poyezdlarning narxi va texnik körsatkiçlarini tijorat siri ekanini aytib, ularni aytişdan boş tortdi. Uning aytişiça, poyezdlar Özbekiston tomonidan qöyiladigan talablarga muvofiq quriladi.

«Özbekiston temir yöllari» va Ispaniyaning Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi 2015 yilning mart oyi boşida yuqori tezlikdagi temir yöl harakati sohasidagi hamkorlik qiliş haqidagi memorandumni imzolagan edilar. Aynan şunda milliy kompaniya katta siğimdorlikka ega, ikkita yangi yuqori tezlikdagi Talgo poyezdlarini sotib olişga tayyorligini bildirganlar.

Yangi poyezdlar keyingi yilning sentabrida işga tuşiriladigan “Toşkent-Buxoro” yuqori tezlikdagi temir yöl trassasida işlatilişi taxmin qilinmoqda. Bu temir yölning qurilişi 400 mln dollarga baholanmoqda. Bu yöl bilan yölovçilarni Toşkentdan Buxoroga yetkaziş vaqti 2 soatga qisqaradi, foydalaniş xarajatlari esa 30 foizdan köproqqa kamayadi.

Ikkita poyezdning narxi 100 mln yevroni taşkil qilişi mumkin.

Hozirda Özbekistondagi temir yöllarda Talgo kompaniyasining 4 ta boş va 18 ta yölovçi vagonlari işlatilmoqda. Bu poyezdlar Özbekistondagi qadimiy şaharlardan biri şarafiga “Afrosiyob” deb nom olgan.