Tadbir Toşkent şahar hokimligi hamda Toşkent şahri kiçik sanoat zonalarini boşqariş direksiyasi taşabbusi bilan ötkazildi. Körgazmada töqimaçilik, yengil sanoat, elektrotexnika, oziq-ovqat, kimyo va quriliş mahsulotlari işlab çiqaruvçilari öz imkoniyatlarini mehmonlarga taniştirdi.
Maʼlumki, mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun mahsulot tayyorlaşning özi yetarli emas. Uni yangi bozorlarga olib çiqiş, xorijiy xaridorlar bilan aloqa örnatiş, sertifikat va litsenziyalarni rasmiylaştiriş ham tadbirkorlardan qöşimça vaqt hamda mablağ talab qiladi. Yarmarka doirasida taşkil etilgan uçraşuvlarda aynan şu masalalar körib çiqildi. Savdo-sanoat palatasi, Mahalliylaştiriş va sanoat kooperatsiyasi agentligi hamda boşqa tegişli taşkilotlar vakillari tadbirkorlarga eksportni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari, mavjud imtiyozlar va davlat kömagi haqida maʼlumot berdi.

Garant Pack kompaniyasi rahbari Sodiq Sadriddinovning aytişiça, ilgari xorijiy körgazma va savdo tadbirlarida qatnaşiş uçun korxonalar aviaçipta, mehmonxona, körgazma maydoni ijarasi kabi xarajatlarni öz hisobidan qoplaşi, taşkiliy masalalarni esa mustaqil hal qilişiga töğri kelardi. Ayrim hollarda bu jarayon olti oy yoki bir yilgaça çözilgan. Uning taʼkidlaşiça, endilikda tadbirkorlarga xorijiy bozorlarga çiqişda kömaklaşiş, jumladan, safar va körgazma xarajatlarini qoplaş, mahsulotlarni eksport qiliş hamda zarur hujjatlarni rasmiylaştirişda yordam beriş imkoniyatlari taklif etilmoqda.

Masʼullarning bildirişiça, uçraşuvlarda tadbirkorlarning murojaatlari qayd etilib, ularni hal qiliş böyiça çoralar belgilangan.
”Işlab çiqaruvçilar bilan bir qator masalalarni muhokama qildik. Ular, asosan, mahsulotlarini sotiş va eksport qilişda kömak söraşmoqda. Xususan, sertifikatlaştiriş, eksport jarayonida davlat organlari bilan işlaş va byurokratik tösiqlar kabi masalalar köproq kötarildi. Tadbirkorlarning murojaatlarini yozib olib, şahar darajasida hal qilinadigan masalalarni özimiz körib çiqamiz. Respublika darajasidagi takliflarni esa Vazirlar Mahkamasi va Prezident administratsiyasiga kiritamiz”, – deydi Toşkent şahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Davletiyar Xudoybergenov.







