Havaskor fotosuratçi Marya-Terttu Karlsson tungi osmonda ulkan böri şaklida namoyon bölgan şimoliy yoğduni suratga oldi. Ayol bu suratni Şvetsiya şimolidagi Payala qişloği yaqinida oldi.
Suratda hamla qilişga tayyorlanayotgan börining aksini köriş mumkin. U göyoki öljasiga sakraşdan oldin tayyorlanayotgan böriga öxşab, butun vujudini mujassamlab turganga öxşaydi.
Uşbu surat internetning Şvetsiya va Finlyandiyadagi qismida tezda tarqalib ketdi. Bu davlatlar aholisi aynan şunday tabiat körinişlari sababli qadimda osmonda yaşovçi ulkan hayvonlar haqida afsonalar paydo bölganini muhokama qilişni boşlaşdi. Ba'zi sözamollar uşbu “börini” Şvetsiyaning “Baskervillar iti” (izquvar Şerlok Xolms haqidagi hikoyalardan biridagi it) deb ataşdi.











