17 yanvar kuni premera qilingan, rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan suratga olingan “Baron” kinokartinasi Toşkentdagi Alişer Navoiy nomli kinosaroyi ("Panorama")da namoyiş etilişi davom etmoqda. 23 yanvar kuni kinosaroy kassasida bu film uçun 4,5 mingta çipta sotilgan.
Qayd etiş kerakki, bu film 2 qismdan iborat bölgani uçun çipta narxi 10 ming söm qilib belgilangan. Taqqoslaş uçun, kinosaroyda odatda boşqa filmlar uçun çiptalar 7 ming sömdan sotiladi.
"Baron" kinofilmi hali ekranlarga çiqmasidanoq tomoşabinlarda katta qiziqiş uyğotgan edi. Özbek kino san'ati tarixida eng yirik byudjyetli hisoblangan uşbu film namoyişi anşlag tarzda ötmoqda", deya yozadi “Darakchi.uz” sayti.
Muxbirning ma'lumot berişiça, tomoşabinlarning talab va istaklariga binoan 21 yanvardan e'tiboran Alişer Navoiy nomli kinosaroyning barça önta zalida faqat “Baron” filmi namoyiş etildi. Kinosaroy xodimlari bunday voqea kinosaroy tarixida bölmaganini ham alohida ta'kdlab ötgan. Kassa xodimlari 23 yanvar kuni “Baron” filmi uçun 4,5 mingta çipta sotilganini aytişgan.
“Baron” filmi şuningdek, “Ğunça”, “Parus”, “Kinoçilar uyi”, “Megaplanet”, “Prem'yer xoll” kabi kinosaroylarda ham namoyiş etilmoqda.
Ma'lumot uçun, “Baron” kinofilmida hozirgi kunda nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda global muammoga aylangan asr vabosi-giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari, narkobiznes vakillari hayot tarzi va faoliyati, daromad orttiriş ilinjida narkotik savdosi bilan şuğullanayotgan kimsalarning minglab oamlar yostiğini quritayotgani va oxir-oqibat bu yölning oxiri voy ekanligi mahorat bilan oçib berilgan.
Filmda boş rollarni Javohir Zokirov, Uluğbek Qodirov, Şahlo Temirova, Dilnoza Kubayeva, Jamila Ğofurova,Iso Törayev, Muhammadiso Abdulxairov, Ra'no Şodiyeva, Dilorom Egamberdiyeva, rossiyalik kinoaktyorlar Farhod Mahmudov, Adrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Andrey Priluçnyy, Gollivud aktyori Gassan Massud ijro etişgan. Film voqealari Özbekiston, Afğoniston, Rossiya va Tojikistonda bölib ötadi.
“Baron”ning yopiq premerasidan söng: taassurotlar va xulosalar


