Moldova endi Rossiyadan gaz sotib olmayapti, deb maʼlum qildi mamlakat prezidenti Mayya Sandu.

Uning sözlariga köra, Moldovani Ruminiya va Yevropa energetika tizimi bilan boğlovçi elektr uzatiş tarmoği işga tuşirilgan.

«Bugun biz Moldovani Ruminiya va Yevropa energetika tizimi bilan boğlovçi Vulkaneşti - Kişinyov elektr uzatiş tarmoğini işga tuşirdik. Moskva önlab yillar davomida energetikadan şantaj vositasi sifatida foydalanib keldi. Endi bu davr tugadi», - deb yozdi Sandu X ijtimoiy tarmoğida.

Uning qöşimça qilişiça, Moldova kelgusida Ruminiya bilan yana ikkita elektr uzatiş tarmoğini qurişni rejalaştirmoqda.

2025-yilda Ukraina öz hududi orqali Rossiya gazi tranzitini töxtatgan, bu Dnestrböyidagi Moldova GRESida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi qisqarişiga olib kelgandi, çunki stansiyada gaz elektr energiyasi işlab çiqariş uçun asosiy yoqilği sifatida işlatilgan. Stansiya Moldovaning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojining 80 foizini taʼminlagan.

Öşanda respublika elektr energiyasini Yevropa yetkazib beruvçilaridan sotib olişga ötgandi.