Germaniyaning Saksoniya federal yeridagi Bad-Dyuben şahri maʼmuriyati qariyb 800-yillik tarixga ega Şnadits qalʼasiga xaridor izlamoqda. Xaridor ramziy 1 yevro evaziga maydoni 1012 kvadrat metr bölgan köçmas mulkni qölga kiritişi mumkin.

Qalʼa içida ritsarlar zali saqlanib qolgan, bino esa suv töldirilgan handaq bilan öralgan bölib, ikkita minoraga ega.

Foto: Bild

«Qalʼa saqlab qolinişini istardim. Bu bino mintaqa va Saksoniya uçun muhim ahamiyatga ega. Albatta, taşqi körinişi hozir ança açinarli holatda - katta hajmdagi taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş kerak. Ammo tomi butun», - dedi mahalliy mer Matias Mit BILD naşriga.

Mahalliy hokimiyatning baholaşiça, qalʼani töliq taʼmirlaş uçun 20 million yevro atrofida mablağ talab qilinadi. U davlat muhofazasida bölgani sababli barça taʼmirlaş işlari madaniy meros obyektlarini muhofaza qiliş organlari bilan kelişilişi kerak. Bu esa taʼmirlaş muddati sezilarli darajada uzayişiga olib kelişi mumkin.

Foto: Bild

Avval ham investorlar bu qalʼani saqlab qolişga uringan. 2014-yilda amerikalik ayol va uning öğli bu yerda mehmonxona, barbekyu-restoran va vino bari oçişni rejalaştirgan. Biroq loyihaga vaʼda qilingan millionlar örniga atigi 400 ming yevro sarflangan. 2018-yilda oldi-sotdi şartnomasi bekor qilinib, bino yana şahar hokimiyati ixtiyoriga qaytarilgan.