Şaxsiy turmuşda u qadar baxtli böla olmagan Agataning ijodi adabiyot va ayniqsa, detektiv janri şaydolari uçun bitmas-tuganmas xazinaning özginasi. Keling, «Detektiv janrining qiroliçasi” nomiga sazovor bölgan Agata Kristi hayoti bilan boğliq bir qança qiziqarli jihatlarga yuzlanamiz.

Agata Kristidan söraşibdi: “Nega hajm jihatidan teng bölgan, voqealari ham öxşaş bölgan ikki romaningiz turli xil miqdorda sotilmoqda?”. Aqlli Kristi: “Çunki ulardan biridagi qotilliklar soni ikkinçi kitobdagi qotilliklar sonidan ikkitaga köproq!” - deb javob bergan ekan;

Agata Kristining “Qopqon” pesasi haligaça teatrlarda qiziqiş bilan kutib olinadi. Pesa endigina sahnada qöyila boşlagan vaqtlarda şunday odat bölgan: Spektakl tugagaç, bir inson sahnaga çiqib, tomoşabinlarga kelganligi uçun minnatdorçilik bildirgan. Söngra … qotil aslida kim ekanligi haqida boşqalarga (hali asarni tomoşa qilmaganlarga) gapirmasliklarini qattiq iltimos qilişgan;

Agata Kristining “Marhum Missis Makginti” asarida Erkyul Puaro çekka va xaroba bir qişloqqa borib, haqiqiy qotilni topadi. 1964 yilda bu asar asosida film suratga olinadi. Film ijodkorlari bir jihatga diqqat qilişadi. Doimo öziga qarab yuruvçi, kibor, noziktabiat Puaroning xarobalar orasida yurişi notabiiy holatday tuyuladi. Şunda ular ajoyib yöl topişadi: Puaroning örnini Kristining boşqa bir qahramoni - oddiylikni xuş köruvçi Miss Marpl egallaydi;

Agata Kristi özining yagona nabirasini ajoyib usulda siylagan. Unga “Qopqon” pesasining mualliflik huquqini sovğa qilgan. Işonavering, bu sovğa bir neça millionlik merosdan afzal. “Qopqon” pesasi daromad keltiriş böyiça sahna asarlari orasida yuqori örinlarda turadi;

1970-yillarda qopqonlar işlab çiqaruvçi firma öz qopqonlaridan birini Agata Kristi deb nomlaşga ruxsat oladi. Albatta, bu reklamaning ajoyib körinişi edi. Sababi, yuqorida ta'kidlab ötilganidek, Agataning “Qopqon” asari juda ham maşhur;
Agata Kristi eri bilan turmuş qurganiga 25 yil tölganida şunday degandi: “Eng yaxşi erlar - arxeologlardir! Çunki sening yoşing qançalik katta bölsa, u seni şunçalik qadrlaydi”;

Agata Kristi ba'zi asarlardagi detallarni öz hayotidan olgan. Masalan, 1930 yilda erining yoniga, Misrga yöl oladi. U yölning asosiy qismini “Şarqiy ekspress” da bosib ötadi. Keyinçalik u maşhur “Şarqiy ekspress”dagi qotillik” asarini yozadi;

Yuqorida fikrni davom ettiramiz. Agata bir qança muddat London çetidagi Sanningdeylda istiqomat qilgan. Bu joy özining golf maydonlari bilan maşhur edi. “Golf maydonidagi qotillik” asari şuning natijasidir balki…