«Halol bölişi - hali yaxşi investitsiya degani emas» - Xondamir Nusratxöjayev islom moliyasi va investitsiya platformalari haqida | Nima dard?
|09:091 063
Podkastning navbatdagi mehmoni - Islom taraqqiyot banki xodimi, audit va konsaltingda 15 yildan ortiq tajribaga ega islom moliyasi eksperti Xondamir Nusratxöjayev.
Suhbatda işonç va tizim, taşqi va şarʼiy audit, ustoz va selebritilar obrösidan reklamada foydalaniş, nazoratçilarning kasbiy axloqi hamda investorlar uçun amaliy tavsiyalar haqida söz yuritildi.
Özbekistonda islom moliyasiga qiziqiş ortib bormoqda. Odamlar öz mablağlarini şariat talablariga muvofiq yöllar bilan köpaytirişni istaydi. Bunday talab ortidan turli investitsiya platformalari ham paydo bölmoqda. Biroq ularning faoliyati, mablağlarni boşqariş tartibi va investorlar huquqlarining himoya qilinişi bilan boğliq savollar ham köpaymoqda.
«Nima dard?» podkastining navbatdagi mehmoni Xondamir Nusratxöjayevning fikriça, bu sohadagi eng katta muammolardan biri - odamlarning investitsiyani faqat işonç asosida amalga oşirayotganidir.
Ekspert investitsiyaning şariatga muvofiqligi bilan uning moliyaviy jihatdan xavfsizligini bir-biridan farqlaş zarurligini taʼkidlaydi.
- Bitimning halol bölişi uning yaxşi investitsiya ekanini anglatmaydi. Murobaha şartnomasi şariatga muvofiq tuzilgan bölişi mumkin. Lekin biznes modeli notöğri yoki zarar keltiradigan bölsa, investor baribir pulini yöqotişi mumkin, - deydi u.
Uning tuşuntirişiça, investitsiyaning özida tabiiy risklar mavjud. Iqtisodiy inqiroz, bozordagi özgarişlar yoki mijozlarning tölovga qobiliyatsizligi sababli zarar körilişi mumkin. Ammo boşqaruvçi kompaniyaning xatosi, mablağlarni maqsadsiz işlatişi yoki suiisteʼmol qilişi oqibatida kelib çiqqan zarar boşqa masala.
Şu bois ekspert investitsiya platformalarining asosiy vazifasi faqat şariatga muvofiq şartnomalar tuziş emas, balki investor mablağlarini işonçli nazorat qiliş tizimini yaratiş ekanini aytadi.
«Işonç - starter, tizim esa dvigatel»
Xondamir Nusratxöjayev 2026-yil yanvar oyida investitsiya platformalari asosçilariga murojaat qilib, mablağlarni ajratib saqlaş, mustaqil auditdan ötiş va investorlarga moliyaviy hisobotlarni oçiq taqdim etiş zarurligini taʼkidlagan edi.
Uning aytişiça, öşa davrda bir neçta investitsiya platformasi unga maslahat yoki reklama masalasida murojaat qilgan. Ammo u investorlarning huquqlari yetarliça himoya qilinganiga işonç hosil qilmagunça bunday loyihalarni reklama qilişdan boş tortgan.
Mavzuga oid
11 min
Nega «halol» belgisi pulingiz xavfsiz ekanini anglatmaydi? Pul tikişdan oldin nimalarni tekşiriş kerak? Muammo çiqsa kim javob beradi?
Ekspertning asosiy xavotiri - investorlardan yiğilgan mablağlarning boşqaruvçi kompaniya ixtiyorida töplanişi va ularning keyingi harakati ustidan yetarli nazorat bölmasligi.
- Investorlarning puli faqat kelişilgan biznes maqsadlariga sarflanişi kerak. Buni taʼminlaydigan nazorat tizimi bölişi şart. Hozirgi ayrim modellarda esa investorlar öz mablağlarining qanday işlatilayotganini mustaqil nazorat qila olmaydi. Biznes faqat işonçga qurilgan, - deydi u.
Nusratxöjayev bu holatni avtomobil misolida tuşuntiradi. Uning fikriça, haydovçiga işonişning özi yetarli emas - maşinaning texnik holati ham soz bölişi kerak.
- Işonçdan boşlaş mumkin. Lekin işonç - maşinani öt oldiradigan starter. Maşinaning harakatlanişi uçun esa dvigatel va butun tizim kerak.
Ekspert investitsiya platformalarida mablağlarni maqsadsiz ötkazişga texnik jihatdan yöl qöymaydigan içki nazorat mexanizmlari bölişi zarurligini taʼkidlaydi. Kompaniya rahbariyati xohlagan taqdirda ham investorlarning pulini boşqa maqsadlarga işlata olmasligi kerak.
Bunday tizim haqiqatan mavjudligini esa kompaniyaning öz bayonoti emas, mustaqil tekşiruv tasdiqlaşi lozim.
«15 yillik döstlik - 15 yillik moliyaviy tajriba emas»
Suhbatda aholining moliyaviy savodxonligi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Nusratxöjayevning kuzatişiça, köpçilik investitsiya qilişda biznesning moliyaviy körsatkiçlari, rahbariyat tajribasi yoki hisobotlarini emas, balki taniş-bilişçilikni asosiy mezonga aylantiradi.
- Köpçilik biznesga emas, muayyan odamga investitsiya qiladi. «Tanişim, döstim, 15 yildan beri bilaman», deydi. Men bunday odamlarga aytaman: sen u bilan 15 yil döst bölgansan, ammo moliyaviy munosabatlardagi tajribang nol yil. Çoyxonaga birga borganing boşqa, unga katta mablağ işonib topşirişing boşqa.
Ekspertning fikriça, şaxsiy munosabatlar bilan moliyaviy masʼuliyatni aralaştiriş katta yöqotişlarga sabab bölişi mumkin.
U har bir inson pul topiş bilan birga uni töğri boşqarişni ham örganişi kerakligini taʼkidlaydi. Oila xarajatlari, farzandlar taʼlimi, kelajakdagi ehtiyojlar va favqulodda holatlar uçun mablağ jamğariş moliyaviy rejalaştirişni talab qiladi.
- Pul topiş uçun kasbiy mahorat zarur. Pulni boşqariş uçun esa bazaviy bilim, mantiq va intizom yetarli, - deydi u.
Investitsiya qilişdan oldin nimalarni tekşiriş kerak?
Podkast davomida ekspert oddiy investorlar uçun bir qator amaliy tavsiyalarni ham berdi.
Avvalo, inson mablağ kiritmoqçi bölgan biznesning mohiyatini tuşunişi kerak. Kompaniya qanday faoliyat yuritadi, foyda qayerdan keladi, zarar ehtimoli qança - bu savollarga javob topmasdan investitsiya qiliş tavsiya etilmaydi.
Agar investor uçun şariatga muvofiqlik muhim bölsa, buni kompaniyaning reklamasi yoki öz bayonotiga qarab emas, mustaqil ekspert xulosasi orqali aniqlaş lozim.
Şuningdek, kompaniyaning neça yildan beri işlayotgani, uning asosçilari va rahbarlari kimligi, ularning tajribasi hamda avvalgi faoliyatini örganiş zarur.
Eng muhim talablardan biri esa mustaqil moliyaviy audit hisobotining mavjudligidir.
- Agar kompaniya beş yildan beri işlayotgan bölsa-yu, biror marta ham mustaqil auditdan ötmagan bölsa, menda jiddiy şubha paydo böladi. Investitsiya qilmoqçi bölgan pulingiz siz uçun muhim bölsa, kompaniyani örganişga bir hafta vaqt ajrating, - deydi ekspert.
Uning taʼkidlaşiça, oddiy odam moliyaçi yoki auditor bölişi şart emas. Ammo öz mehnati bilan topgan mablağini qayerga va qanday şartlar asosida yönaltirayotganini bilişi zarur.
Şarʼiy audit sertifikat beriş bilan tugamaydi
Islom moliyasidagi muhim masalalardan yana biri - şarʼiy nazorat va auditning qanday taşkil etilişi.
Xondamir Nusratxöjayevning fikriça, kompaniyaga bir marta şariatga muvofiqlik xulosasi berilgani uning keyingi faoliyati ham doimiy ravişda şu talablarga javob berişini anglatmaydi.
- Halol sertifikati muayyan vaqtdagi holatni tasdiqlaydigan hujjat. Masalan, yanvarda tekşirilib, halol deb topilgan kompaniya noyabrda ham aynan şunday işlayaptimi? Buni faqat keyingi audit orqali biliş mumkin.
Ekspert şarʼiy audit oddiy moliyaviy auditdan farq qilişini tuşuntirdi. Bunday tekşiruv uçun moliyaviy bilim bilan birga islom fiqhi, şartnoma huquqi va axborot texnologiyalarini ham yaxşi tuşuniş talab etiladi.
Ayniqsa, investitsiya platformalari elektron tizimlar orqali işlayotgan şaroitda dasturiy jarayonlarning töğri qurilişi ham ahamiyatli. Operatsiyalar ketma-ketligidagi xato bitimning şariat talablariga muvofiqligiga taʼsir qilişi mumkin.
Nusratxöjayev bu sohada AAOIFI kabi xalqaro taşkilotlar standartlari mavjudligini eslatdi. Uning baholaşiça, Özbekistonda islomiy moliyaviy operatsiyalarni professional auditdan ötkaziş böyiça amaliy tajribani hali jiddiy rivojlantiriş zarur.
«Jiddiy xatoni yaşiriş mumkin emas»
Suhbatda investitsiya platformalarida aniqlangan qoidabuzarliklar va ularni jamoatçilikka maʼlum qiliş tartibi ham muhokama qilindi.
Nusratxöjayev professional auditor uçun ikki jihat hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi: kasbiy mahorat va axloqiy prinsiplarga sodiqlik.
U xalqaro auditorlik kompaniyalarida işlagan yillarida jiddiy xatolarni aniqlagani va ayrim hollarda ularni yaşiriş evaziga pora taklif qilinganiga ham töxtaldi.
- Auditorning vazifasi - xatoni aniqlaş va uni töğri baholaş. Agar kamçilik jiddiy bölsa, uni yaşiriş yoki pul evaziga yopib yuboriş mumkin emas. U auditorlik xulosasida aks etişi şart.
Ekspertning tuşuntirişiça, audit davomida aniqlangan kamçiliklar ahamiyatiga qarab baholanadi. Kompaniyaga ularni bartaraf etiş uçun muayyan muddat berilişi mumkin. Ammo jiddiy qoidabuzarliklar yakuniy hisobotda öz aksini topişi kerak.
IMAN Invest bilan boğliq ommaviy bahslarga munosabat bildirar ekan, Nusratxöjayev muammolarning oşkor qilinişi muhimligini, biroq bunday vaziyatlarda hissiyotga berilmasdan, professional mexanizmlar orqali iş tutiş zarurligini taʼkidladi.
Uning fikriça, bir tomonning çiqişi va ikkinçi tomonning unga javob qaytarişi jamoatçilikni ikkiga bölişi, investorlarda esa yanada köproq savollar paydo qilişi mumkin.
- Muammoning oşkor qilingani töğri böldi, deb hisoblayman. Çunki xalq bu haqda bilişi kerak. Muammo qança uzoq yaşirilsa, şunça kattalaşişi mumkin.
Ekspert bunday holatlarda mustaqil audit ötkaziş, aniqlangan xatolarni rasmiy hisobotda körsatiş va ularni tuzatiş böyiça aniq muddat belgilaşni maqbul yöl deb hisoblaydi.
U investitsiya platformalari öz saytlarida investorlar uçun alohida bölim oçib, moliyaviy hisobotlar, auditorlik xulosalari va şarʼiy tekşiruv natijalarini muntazam eʼlon qilib borişi kerakligini ham taʼkidladi.
Diniy ulamolarning obrösidan reklamada foydalaniş qançalik töğri?
Islom moliyasi sohasidagi reklama va marketing masalalari ham suhbatning muhim mavzularidan biri böldi.
Ayrim investitsiya platformalari öz mahsulotlarini tarğib qilişda taniqli diniy ulamolar, ustozlar va jamoatçilik işonçiga sazovor şaxslar iştirokidan foydalanadi. Bu esa odamlarning investitsiya qarorlariga bevosita taʼsir körsatişi mumkin.
Nusratxöjayevning fikriça, diniy qadriyatlardan faqat tijoriy manfaat uçun foydalaniş axloqiy jihatdan jiddiy savollarni keltirib çiqaradi.
- Diniy obröga ega inson özi yaxşi bilmagan investitsiya mahsulotini reklama qilişi axloqan notöğri.
Ekspert şariatga muvofiqlik böyiça xulosa beriş bilan muayyan loyihani moliyaviy jihatdan tavsiya qiliş örtasida katta farq borligini taʼkidlaydi.
Diniy olim şartnomaning şariat talablariga muvofiqligini baholaşi mumkin. Ammo kompaniyaning moliyaviy barqarorligi, investitsiya riski va kelajakdagi daromadini baholaş boşqa sohadagi professional bilimni talab etadi.
Şuning uçun taniqli şaxsning reklamada iştirok etişi investor uçun mablağning qaytişi yoki foyda kelişiga kafolat sifatida qabul qilinmasligi kerak.
Nusratxöjayev biznesning asosiy maqsadi faqat foyda olişga aylanib qolmasligi zarurligini ham qayd etdi. Uning fikriça, biznes avvalo odamlarga real manfaat yetkazişi, foyda esa şu faoliyatning natijasi bölişi lozim.
Investorni himoya qiladigan narsa - oçiqlik va nazorat
Xondamir Nusratxöjayev suhbat davomida bir fikrga qayta-qayta urğu berdi: investitsiya platformasining şariatga muvofiq işlaşi muhim, ammo bu investor huquqlarini himoya qilişning faqat bir qismi.
Mablağlarning maqsadli sarflanişi, işonçli içki nazorat, mustaqil moliyaviy va şarʼiy audit, hisobotlarning oçiqligi hamda boşqaruvçilarning professional masʼuliyati birgalikda işlagandagina investor uçun işonçli muhit şakllanadi.
Ekspertning fikriça, odamlar investitsiya qilişdan oldin faqat vaʼda qilingan daromadga yoki kompaniyani tavsiya qilayotgan şaxsning obrösiga qarab qaror qabul qilmasligi kerak.
Zero, mablağning halol yöl bilan işlatilişi haqidagi vaʼda, uning xavfsiz saqlanişi va qaytarilişi haqidagi kafolat bilan bir xil emas.