Gurjiston hukumati 2026-yilning uçinçi çoragida migratsiya qonunçiligini buzgan 109 nafar Rossiya fuqarosini mamlakatdan deportatsiya qildi. Bu butun 2025-yil davomidagi körsatkiçdan deyarli bir yarim barobar yuqori.

Şu bilan birga, iyul–sentabr oylarida Gurjistondan Belarusning 15 nafar fuqarosi ham çiqarib yuborilgan.

Bu haqda 8-noyabr, yakşanba kuni Rossiya va Belarus ommaviy axborot vositalari Gurjiston Içki işlar vazirligi maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

Jami iyul–sentabr oylarida Gurjistondan 1134 nafar xorijiy fuqaro deportatsiya qilingan.

Ular orasida eng köpini Turkiya fuqarolari taşkil etgan - 306 nafar. Rossiya fuqarolari esa deportatsiya qilinganlar soni böyiça ikkinçi örinni egallagan.

Taqqoslaş uçun, 2025-yil davomida Gurjiston hukumati mamlakatdan jami 1311 nafar noqonuniy migrantni çiqarib yuborgan. Ular orasida 73 nafar Rossiya fuqarosi bölgan.

Yil boşidan buyon Gurjistondan 254 nafar Rossiya fuqarosi deportatsiya qilindi

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida migratsiya qonunçiligini buzgan 3170 nafar xorijiy fuqaro Gurjistondan çiqarib yuborildi.

Ular orasida 791 nafar Turkiya, 306 nafar Hindiston, 274 nafar Eron va 254 nafar Rossiya fuqarosi bor.

Şunday qilib, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida deportatsiya qilingan rossiyaliklar soni 2025-yil davomidagi körsatkiçdan uç barobardan ziyod oşgan.

Ommaviy axborot vositalarining qayd etişiça, Gurjiston 2025-yildan boşlab noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirgan.

Mamlakat parlamenti migratsiya qonunçiligini qatʼiylaştirib, deportatsiya qiliş va tintuv ötkaziş tartib-taomillarini soddalaştirgan.

Şundan buyon Gurjiston Içki işlar vazirligi mamlakatda böliş qoidalarini buzgan xorijiy fuqarolarning çiqarib yuborilişi haqida muntazam ravişda hisobot berib kelmoqda.