Özbekiston Prezidentining 2016 yil 26 yanvardagi qaroriga muvofiq, Abbosjon Mirzorahimov madaniyat va sport işlari vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Abbosjon Mirzorahimov vazir örinbosari lavozimiga tayinlanişidan avval Madaniyat va sport işlari vazirligi Madaniy-ma'rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
U 1997—2001 yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001—2003 yillar Özbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006 yil Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011—2012 yillarda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.
Vazir örinbosari lavozimida Abbosjon Mirzorahimov Ma'naviy-ma'rifiy muassasalar, muzeylar va axborot-resurs markazlari boşqarmasi, Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş ilmiy-işlab çiqariş boş boşqarmasi, Badiiy ekspertiza boşqarmasi, «Özbekmuzey» respublika jamğarmasi, respublika muzeylari, «Moziydan sado» jurnali tahririyati, közi ojizlar uçun kutubxonalar işini muvofiqlaştiradi, ularda işning samarali taşkil etilişi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinişini nazorat qiladi.
«Öylaymizki, yangi tayinlangan vazir örinbosari ma'naviy-ma'rifiy muasassalar tizimining barça böğinlari faoliyatini yanada takomillaştiriş, sohani yanada rivojlantirişda ijobiy natijalarga erişişga muvaffaq böladi», — deyiladi vazirlik matbuot xizmati axborotida.


