2026-yilning 9 oyida Özbekistondagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniya –UzAuto Motorsʼning umumiy daromadlari 30,1 trln sömni taşkil etdi. Bu – ötgan yilning mos davridagidan (34,7 trln söm) 13 foizga kam.
Hisobot davrida kompaniya sof foydasi 1,8 trln söm bölgan. Bu körsatkiç 2025-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan (3,5 trln söm) qariyb ikki baravar qisqargan.
Kompaniyaning sotilgan mahsulotlar tannarxi 30,6 trln sömdan 27,2 trln sömga qisqargan. Natijada yalpi foyda 4,1 trln sömdan 2,9 trln sömgaça kamaygan. Şuningdek, UzAuto Motors’ning operatsion faoliyatidan olgan foydasi 2,9 trln sömdan 1,3 trln sömga tuşib, 56,2 foizga qisqargan. Soliq tölangunga qadar foyda esa 4,09 trln sömdan 2,15 trln sömga kamaygan.

Nega foyda kamayib ketdi?
Foyda qisqarişining birinçi va eng asosiy sababi - içki bozorda avtomobillar sotuvining tuşib ketişidir. Buning ortidan kompaniyaning sof tuşumi 34,7 trln sömdan 30,1 trln sömgaça yoki 13 foizdan köproqqa qisqardi. Uşbu tendensiya UzAuto Motors’ning eng xaridorgir modeli bölgan Cobalt misolida yaqqol aks etadi. Yilning birinçi yarmida Cobalt işlab çiqariş hajmi 13,5 foizga ösib, 82 ming 951 donaga yetgan bir paytda içki bozordagi sotuvlar 67 ming 580 donadan 40 ming 936 donagaça kamaygan. Bu şuni anglatadiki, joriy yilning yanvar-iyun oylarida zavoddan çiqqan Cobalt’larning atigi 49 foizi mahalliy bozorda xaridorini topgan. Qolgan qismi yo eksportga yönaltirilgan yoki omborlarda zaxira sifatida muzlab yotibdi. Bu böyiça aniq rasmiy raqamlar oçiqlanmagan. Autostrada naşrining yozişiça, 2026-yil 30-iyun holatiga köra UzAuto Motors omborlarida yiğilgan, ammo sotilmagan Chevrolet avtomobillarining qiymati 954 mln dollarni taşkil etgan.
Talabning bu qadar pasayişi kompaniyaning yillar davomida şakllangan savdo siyosatida keskin özgarişlarga sabab bölyapti. Yaqin ötmişda Cobalt kabi modellar uçun xaridorlardan eng kamida 50 foiz oldindan tölov talab qilingan va oylab navbatlar kutilgan bölsa, bugungi kunga kelib xaridorlarni uşlab qoliş maqsadida uşbu model çegirmalar hamda öz narxida ustamasiz muddatli tölov şartlari asosida taklif etilmoqda.








