AQŞ prezidenti Donald Tramp şanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida aralaş yakkakuraşlar promouteri hamda UFC çempionati rahbari Deyna Uaytga Oq uy matbuot kotibi böliş taklifi bildirilgan post joyladi. Ular azaldan yaqin aloqalarga ega. Yozda Oq uy maysazorida örnatilgan qafasda UFC turniri ötkazilgandi.

«Deyna tarixdagi eng zör matbuot kotibi böladi. Deyna, iltimos, bu işni öz zimmangga ol!» – deya yozgan Tramp.

Uning postidan bu taklif qançalik jiddiyligi yoki u hazillaşayotganini anglab bölmaydi.

Oq uy matbuot kotibi lavozimi oktabr oyi örtalaridan Keti Zakariya bu lavozimda atigi bir hafta işlab, şov-şuvli tarzda isteʼfoga çiqqanidan buyon böş turibdi.

Trampning bu posti Respublikaçilar partiyasi oraliq saylovlarda mağlubiyatga uçrab, AQŞ kongressining ikkala palatasi ustidan nazoratni yöqotişi ortidan yozilmoqda.

Prezident Uaytga iş taklif qilarkan, uni «yovvoyi jangçi va bahodir» deb atagan hamda UFC çempionatining boşqa mamlakatdan bölgan taniqli iştirokçilarini ham işga jalb qila oliş imkoniyatiga qiziqqan.

Tramp öz postida rossiyalik Islam Maxaçev va Xabib Nurmagomedov nomlarini tilga olgan. «Bizga bu odamlar telba söllardan himoyalaniş uçun kerak», – degan AQŞ prezidenti UFC jangçilari fotosuratlari ilova qilingan postda.

Trampning postidan keyin Uayt instagramdagi storisida özi Oq uydagi brifinglar zalida matbuot kotibi minbari ortida turgani aks etgan kollajni joylaştirdi.

«Keyingi bosqiçga ötyapman», – deya yozgan u. UFC rahbarining bu sözlari qançalik jiddiyligi yoki u şunçaki Trampning gapini davom ettirayotganini bilib bölmaydi.

Şanba kuni Londonda boks böyiça ötgan turnirdan keyingi matbuot anjumanida Uayt duşanba kuni Oq uyda Tramp bilan uçraşişi haqida aytdi.

«Mening işlarim şusiz ham köp. Işonçim komilki, biz muhokama qiladigan gaplar böladi», – degan Uayt Trampning taklifiga qiziqişi bor yoki yöqligiga aniqlik kiritmasdan.