Buxoroda Rossiya armiyasiga yollangan erkak jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
“Tuhmat qilişdi”
Sud hukmiga köra, Kogon tumanida yaşovçi 35 yoşli R.X. 2014-yil iyun oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga borgan. U yerda oşpaz bölib işlab kelgan erkak 2022-yil bezorilik jinoyatida ayblanib, 8 yilga qamalgan. Jazoni ötaş davrida esa Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun 2025-yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan.
R.X. sudda aybiga iqror bölgan hamda jazoni ötaş muassasasida uruşga boriş uçun qiynoqqa solinganini, söngra şartnoma imzolaşga majbur bölganini bildirgan.
“Aslida qilmagan işim uçun tuhmat qilişib, 2022-yil oktabr oyidan 2024-yil aprel oyiga qadar qamoqda saqlab turişdi. Keyin sud hukmi bilan bezorilik jinoyatida aybli deb topişib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşdi. Jazoni ötaş uçun Udmurtdagi öta oğir tartibli jazoni ijro etiş muassasasiga yuborildim”, degan R.X. sudda.
“Uruş yoki qamoq”
Sudlanuvçi jazoni ötaş davrida Ukrainaga qarşi uruşga boriş uçun qiynoqqa solinganini, hatto muddatiga yana 6 yil qöşib beriş bilan tahdid qilişganini aytgan.
“Muassasa xodimlari şartnoma tuzib, Ukrainaga qarşi uruşga borişga majburlaş maqsadida menga juda köp jismoniy tazyiq ötkazişdi. Biroq, tazyiqlarga qaramay uruşga bormasligimni maʼlum qilib, rad etib yurdim. Har safar rad etganimda jismoniy tazyiqlarni yanada kuçaytirib borişdi.
2025-yil noyabr oyi boşlariga kelib, muassasasi rahbari meni yoniga çaqirdi. U jazoni ijro etiş vaqtimda qoidabuzarlik qilganim böyiça soxta hujjatlar tayyorlanganini, agar ularni sudga taqdim qilsa jazo muddatimga yana 6 yil qöşib berilişini aytdi. Şunda ham ularga rad javobini berdim”, degan erkak öz körsatmasida.
R.X. qiynoqlar töxtayvermagaç tazyiqlardan qutuliş hamda jazo muddatiga yana qöşilmasligi uçun 2025-yil 25-noyabr kuni şartnoma imzolaşga majbur bölgan.
“Front va qoçiş”
Şartnoma imzolanganidan 3 kun ötib, 2025-yil 30-noyabr kuni R.X.ni qöliga kişan taqqan holda Ijevsk şahri mudofaa bölimiga olib borişgan. U yerda uruşga boriş uçun şartnoma tuzgan 1200 kişi töplangan.








