Qozoğistonda 1 mart kuni ilk marta yangi bayram nişonlanmoqda. Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev yanvar oyida bu kunni Şukronalik kuni sifatida belgilab qöygan. Bu haqda Nur.kz portali xabar bergan.

"Nazarboyev 22-Qozoğiston xalq assambleyasi vaqtida har yili bu kunni bayram qiliş taklifini bildirgandi", deyiladi xabarda.

U öşanda "şukronalik - bu barça millat va elatlarning özaro ahil va inoqlikda yaşaşi" ekanini qayd etgan.

Nazarboyev öz çiqişida XX asr boşida mamlakatga Rossiya, Ukraina va Belarusdan 1,15 mln kişi kelganini eslatib ötgan. U ötgan asrning 30-yillarida Qozoğistonga yana 250 ming dehqon jönatilgani haqida aytgan. Stalin boşqaruvi vaqtida turli xalqlarga mansub yuz ming kişilar Qozoğistonga surgun etilgani qöşimça qilib ötilgan.