2016 yilgi hosildan boşlab Özbekistonda höl meva-sabzavot, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qiliş böyiça davlat buyurtmasi joriy etiladi. Bu Özbekiston prezidentining 12 apreldagi «Meva-sabzavot, kartoşka va poliz mahsulotlarini xarid qiliş va ulardan foydalaniş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorda közda tutilgan. Bu haqda UzA xabar bergan.

Höl meva-sabzavot, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qiliş böyiça davlat buyurtmasi «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradigan xususiy mulk şaklidagi qayta işlaş korxonalarini xomaşyo bilan barqaror ta'minlaş, içki iste'mol bozorini qiş-bahor mavsumida barqaror ta'minlaş maqsadida zaxiraga ğamlaş, şuningdek, taşqi bozorlarda xaridorgir bölgan höl meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş uşbu mahsulotlarga nisbatan talabdan kelib çiqqan holda şakllantiriladi.

Davlat buyurtmasi doirasida mahsulotlarni sanoat asosida qayta işlaş uçun xarid qiliş fermer va dehqon xöjaliklari va «Özbekoziqovqatxolding» tarkibiga kiradigan xususiy mulk şaklidagi qayta işlaş korxonalari örtasida tuziladigan kontraktatsiya şartnomalari asosida şartnoma qiymatining 40 foizidan kam bölmagan miqdorda bönak beriş orqali amalga oşiriladi.
Qarorda belgilanganki, höl meva-sabzavot, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzum fermer va dehqon xöjaliklaridan kelişilgan, bozor narxlarida xarid qilinadi.

Höl meva va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlari «Özagroeksport» ixtisoslaştirilgan taşqi savdo kompaniyasi tomonidan xorijiy şeriklar bilan töğridan-töğri tuzilgan eksport şartnomalari, şuningdek, fermer va dehqon xöjaliklari, agrofirmalar va qayta işlaş korxonalari örtasida tuziladigan komissiya şartnomalari böyiça eksport qilinadi.

Şu yilning may oyida yetakçi xorijiy işlab çiqariş kompaniyalari va ularning dilerlari iştirokida höl meva-sabzavot, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta işlaş böyiça zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar hamda texnologiyalarning ixtisoslaştirilgan körgazma-savdosini taşkil qiliş rejalaştirilgan.

Iyun oyida esa Toşkent şahrida 2016 yilgi höl meva va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça şartnomalar tuziş uçun Xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkasi ötkaziladi. Bunday yarmarkalarni ötkaziş böyiça doimiy faoliyat körsatadigan maydon taşkil etilib, uning bazasida har yili oktabrda kelgusi yil uçun eksport şartnomalari tuzişni taşkil qiliş maqsadida xorijiy kompaniyalarning faol iştirokida yarmarka tadbirlari ötkaziladi.