Ukraina sobiq boş vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'foga çiqqaç, deyarli heç kim bilan muloqotda bölmagan va mamlakat hududini tak etgan bölişi ham mumkin. Bu haqda “Vesti” naşri xabar tarqatdi.

Naşr xabariga köra, Yatsenyuk deyarli ikki haftadan buyon öz kvartirasiga kelmagan. Uni boş vazirning dala hovlisi joylaşgan Novyye Petrovtsy qişloğida ham topa olişmagan.

Deputatlar “Narodnyy front” partiyasi raisi bilan oxirgi marta u iste'foga çiqqan – 14 aprel kuni muloqot qilganlarini bildirişdi.

Fraksiya raisi örinbosari Andrey Teteruk Yatsenyuk iste'fodan keyin “fraksiyaning har bir majlisida iştirok etgani va masalalarni birga muhokama qilgani”ni aytdi.

Biroq Radada barça Yatsenyukning Kiyevda emas deb hisoblamoqda. Xalq deputati Sergey Kaplin sözlari böyiça, boş vazir hozir Lotin Amerikada.

“Mendagi ma'lumotlarga köra, Arseniy Yatsenyuk Argentinaga uçib ketdi. Bu xizmat safarimi yoki dam oliş, yoki qoçişmi – men bilmayman. Qaçon qaytişi ham noma'lum”, - dedi u.