3-noyabr kungi oraliq saylovlarda Demokratik partiya işonçli ğalabaga erişdi: endi vakillar palatasi ham (435 örindan kamida 253 tasi), senat ham (100 örindan kamida 54 tasi) demokratlar nazoratida böladi. Bundan taşqari, demokrat nomzodlar bunga qadar respublikaçilar boşqaruvida bölgan beşta ştatdagi gubernatorlik saylovlarida ğolib bölişdi. Ayrim nomzodlarning ğalabalari esa jiddiy ahamiyatga ega böldi. Quyida bir neça yorqin misollar.
Abdul As-Sayid 42 yoş, Miçigan ştatidan saylangan senator
Salwan Georges / Getty Images
Kasbi şifokor va Detroyt soğliqni saqlaş departamentining sobiq boşliği bölgan As-Sayid – AQŞ senatiga saylangan ilk musulmonga aylandi. As-Sayidning özi uçun ham bu faoliyatidagi ilk ğalabadir – bungaça u saylanadigan lavozimlarda işlamagan. As-Sayid klassik demokratlarga nisbatan sölroq pozitsiyada turuvçi progressiv qanot vakili bölib, uni Byorni Sanders va Aleksandriya Okasio-Kortes kabi tajribali siyosatçilar faol qöllab-quvvatladi.
As-Sayidning kampaniyasi iqtisodiy populizmga asoslangan edi – u milliarderlar uçun soliqlarni oşiriş, korporatsiyalarning siyosatga taʼsirini çeklaş va umumiy tibbiy suğurtani joriy etiş zarurligi haqida gapirdi. Şuningdek, u Isroilga harbiy yordam körsatişga qarşi çiqdi va Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb atadi. Respublikaçilar kelib çiqişi Misrdan ekaniga urğu qaratib, As-Sayidga faol hujumlar uyuştirişdi, xususan, Donald Tramp mitinglardan birida uni «jihodçi» deb atadi – ammo oxir-oqibat bunday hujumlar aks taʼsir körsatdi va nomzodning saylovçilar orasidagi obrösi oşib ketdi.
Kişa Lens-Bottoms 56 yoş, Jorjiyaning saylangan gubernatori
Elijah Nouvelage/Bloomberg via Getty Images
Lens-Bottoms AQŞ tarixida gubernatorlikka saylangan ilk qora tanli ayol, şuningdek, Jorjiya ştati tarixidagi ilk ayol gubernator böldi. Demokratlar uçun uning saylanişi yana şunisi bilan muhimki, ular bu ştatdagi gubernatorlik saylovlarida 1998-yildan buyon ğalaba qozona olmayotgandi. Jorjiya uzoq vaqt davomida respublikaçilar taʼsiridagi ştat sifatida qaralgan, ammo sönggi yillarda «tebranuvçi» ştatlardan biriga aylanmoqda.
Mavzuga oid
Lens-Bottoms ilgari mazkur ştat poytaxti va yirik megapolis hisoblangan Atlanta şahri meri bölib işlagan. Saylovoldi kampaniyasi davrida u öz saylanişi tarixiy yutuq bölişiga urğu qaratmadi, asosiy eʼtiborni iqtisodiyotga hamda «Donald Trampning zararli siyosati»ni tanqid qilişga qaratdi. Uning raqobatçisi, milliarder Rik Jekson esa, aksinça, AQŞ prezidentining harakatlarini qöllab-quvvatlaşini taʼkidlab, uning «sevimli gubernatori» bölişga vaʼda bergandi. Lens-Bottoms bunga javoban prezident muhabbatini qozoniş uçun emas, balki ştat aholisi manfaatlari yölida işlaş uçun saylovda qatnaşayotganini aytgandi.
Deb Holann 65 yoş, Nyu-Mexikoning saylangan gubernatori
Andrew Harnik / Getty Images
Holann Amerikaning tub aholisi vakillari orasida gubernatorlikka saylangan ilk ayol böldi. U öz faoliyati davomida Nyu-Mexikodan vakillar palatasi aʼzosi bölgan va Jo Bayden maʼmuriyatida içki işlar vaziri lavozimida işlagan – bu ham mahalliy aholi vakili federal hukumatda lavozim olişi bilan boğliq birinçi holat bölgandi.
Hollanning ğalabasi butun mamlakat böylab tubjoy amerikaliklarning siyosiy taʼsiri ösişi nuqtayi nazaridan juda muhim böldi. Uşbu saylov siklida tub aholi vakillaridan 358 kişi turli darajadagi saylovlarda (mahalliy va federal) öz nomzodini qöydi, bu bitta kampaniya uçun tarixiy rekord körsatkiç.
Holand öz kampaniyasini şaxsiy hayotiy tajribasi atrofida qurgani ham yakuniy natijaga katta taʼsir körsatdi – u saylovoldi kampaniyasi davrida yoşligida yolğiz ona bölgani va davlat tomonidan kam taʼminlanganlarni qöllab-quvvatlaş dasturlaridan foydalangani, taʼlimni esa 30 yoşdan ötganida olganini taʼkidlagandi.
Peggi Flanagan 47 yoş, Minnesota ştatidan saylangan senator
Stephen Maturen / Getty Images
Amerika tub aholisining yana bir vakili Flanagan xonim ham tarixiy muvaffaqiyatga erişdi: u AQŞ senatiga saylangan ilk tub amerikalik ayol böldi.
Flanagan 2019-yildan buyon Minnesota vitse-gubernatori lavozimini egallagan – ştat darajasida ham u tubjoy amerikaliklarning eng yuqori martabali vakili edi. Flanagan – Demokratik partiyaning progressiv qanoti vakili bölib, öz kampaniyasini barça uçun hamyonbop soğliqni saqlaş tizimini joriy etiş zarurligi atrofida qurdi.
Minnesotadagi kampaniyaning öziga xos xususiyati şundaki, Flanagan ham, uning raqibi, sobiq sport jurnalisti Mişel Tafoyya ham bir vaqtning özida öz partiyalarining nufuzli siyosatçilaridan uzoqlaşişga harakat qilişdi: Tafoyya Donald Trampdan, Flanagan esa byudjet mablağlari nazorati bilan boğliq mojarolar tufayli tanqidga uçragan gubernator Tim Uolzdan masofa saqladi. Sakkiz yildan beri Uolzning örinbosari lavozimida işlab kelgan Flanagan saylovçilarni bu xatolar uçun şaxsan javobgar emasligiga işontirişga muvaffaq böldi.
Melat Kiros 29 yoş, Kolorado ştatidan vakillar palatasining saylangan aʼzosi
AAron Ontiveroz / The Denver Post / Getty Images
Demokratik partiya progressiv qanotiga mansub bölgan Kiros Z avlodning kongressga saylangan ilk vakili, şuningdek Kolorado ştatidan vakillar palatasidagi ilk qora tanli ayol böldi.
Praymerizda Kiros 1997-yildan buyon muntazam ravişda Kolorado birinçi okrugidan vakillar palatasiga saylanib kelgan Diana Dedjettni mağlub etdi – u ilk bor saylanganida Kiros hali tuğilmagandi.
Uşbu kutilmagan muvaffaqiyat saylovçilarning avlodlar almaşinuviga bölgan talabini va bir xil siyosatçilarning uzoq yillar davomida hokimiyatda bölişidan çarçaganini körsatdi.
Özini demokratik sotsialist deb atagan Kirosning ğalabasi ham Demokratik partiyaning progressiv söl qanoti taʼsirining umummilliy ösişining muhim körsatkiçi böldi. Saylovoldi kampaniyasi davomida u ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni tubdan qayta körib çiqişni yoqladi, korporatsiyalarning hukumatga taʼsirini tanqid qildi va umumiy soğliqni saqlaş tizimini joriy etiş zarurligi haqida gapirdi. Şuningdek, u Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb taʼriflagan va özini antisionist deb atagan.
Jina Inohosa 52 yoş, Texasning saylangan gubernatori
Brandon Bell / Getty Images
Jina Inohosa AQŞning aholi soni böyiça ikkinçi örinda turuvçi Texas ştatining birinçi lotin amerikalik ayol gubernatori va 1990-yillardagi Enn Riçardsdan keyin bu lavozimni egallagan birinçi demokrat böldi. Saylovlarda u ştatning uzoq yillik gubernatori Greg Ebbottni mağlub etdi, respublikaçilar nomzodi kampaniyasi uçun dunyoning eng badavlat odami Ilon Mask 180 million dollar mablağ sarflagandi. Katta mablağ va maşhurlikka ega bölmagan Inohosa Ebbotni yiqitiş uçun sunʼiy intellekt data markazlari va korrupsiyaga qarşi çiqib, jasur va populistik kampaniya olib bordi.
Inohosa öz kampaniyasini ötgan yili boşlagandi. U Ebbotni oddiy odamlardan köra boylar manfaatini ustun qöyişda va xarajatlarni kamaytira olmaslikda ayblagan. Ebbot esa Inohosa soliqlarni oşirmoqçi ekanini aytib, uni radikal hamda texasliklarning hayot tarziga tahdid sifatida körsatgan.
Inohosaning ilk saylovoldi vaʼdalaridan biri ştatning qariyb 32 million aholisining har biriga «Korrupsiya soliği qaytarilişi» deb nomlangan bir martalik 1500 dollarlik tölov böldi. U bu pullar Texasning favqulodda jamğarmasi hisobidan qoplanişini aytdi.
Inohosa, şuningdek, data markazlarga qarşi milliy miqyosda kuçayib borayotgan norozilikdan foydalanib, Ebbotni energiyani haddan taşqari köp isteʼmol qiluvçi server omborlari köpayişiga yöl qöyişda aybladi. Ebbot jamoatçilik ğazabiga javoban yangi maʼlumot markazlarini tasdiqlaşga vaqtinçalik moratoriy joriy qilişga majbur böldi.
Texasdagi kampaniya mamlakatdagi eng muhimlaridan biri böldi – ön yillar mobaynida bu eng muhim ştatlardan biri bölib kelgan, hudud saylovçilari muttasil ravişda Respublikaçilar partiyasini qöllab kelgandi. Xususan, Tramp 2024-yilda bu yerda Kamala Harrisni 14 foiz bandga ortda qoldirgandi.
Endi esa demokratlar bir vaqtning özida ikkita muhim ğalabani qölga kiritişga muvaffaq bölişdi – demokrat Jeyms Talariko ham ştat senatorlikka saylandi. Bu respublikaçilar uçun juda xavotirli signal bölib, ular uçun ikki yildan söng Texasda ğalaba qozoniş – prezidentlik saylovlaridagi yakuniy muvaffaqiyat uçun deyarli majburiy şartga aylanadi.
Kris Pappas 46 yoş, Nyu-Hempşir ştatidan saylangan senator
John Tully / Getty Images
Nyu-Hempşirdagi kampaniya ham mamlakatdagi eng muhimlaridan biri hisoblanardi – respublikaçilar bu ştatga senatdagi bir örinni demokratlardan tortib oliş uçun istiqbolli maydonlardan biri sifatida qarayotgandi (bu yerda sönggi 18 yil mobaynida demokratlar ğalaba qozonib kelgan). Kris Pappas ham, uning raqibi Jon Sununu ham, garçi özlari ham uning bir qismi bölsa-da, öz kampaniyalarini Vaşingtondagi isteblişmentdan norozilik asosiga qurişdi (Pappas 2019-yildan buyon vakillar palatasi aʼzosi, Sununu esa nolinçi yillar boşida Nyu-Hempşirdan senatorlikka saylangandi).
Taşviqotda oğir vaznli siyosiy arboblar iştirok etdi, Pappasni Barak Obama, Kamala Harris va Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom tarğib qildi. Sunununi Donald Tramp qöllab-quvvatladi – va Pappas bundan raqibiga qarşi foydalandi, respublikaçilar nomzodi reytingi tuşib ketgan prezidentdan masofa saqlaşga harakat qilgan bölsa-da, yakunda maqsadga erişa olmadi.