1 may kunining birinçi qismida Suriya hududidan Turkiyaning Kilis şahriga ikki raketa kelib tuşgan. Bu zarbalar oqibatida kamida ikki kişi jarohatlangan. Bu haqda Reyter agentligi Turkiya xavfsizlik xizmatidagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Hodisaning töliq tafsilotlari berilmagan.
Suriya bilan çegarada joylaşgan bu şaharga 30 aprel kuni ham uçta raketa zarbasi berilgandi. Ötgan haftada raketadan öqqa tutilganida esa bir kişi halok bölgan, 26 kişi yaralangandi.
IŞID jangarilari tomonidan amalga oşirilgan bu hujumlar tufayli jami 18 kişi halok bölib, 40 nafarga yaqin kişi jarohatlangan. Turkiya hukumati bu hujumlarga artilleriyadan javob qaytargan.











