Turkiyaning Izmir şahri Alioğa tumanidagi HABAŞ metallurgiya zavodida portlaş yuz berib, yonğin çiqdi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida Çakmakli mahallasidagi Otaturk köçasida joylaşgan zavodda sodir böldi. Portlaş haqida xabar kelib tuşişi bilanoq hodisa joyiga öt öçiriş bölinmalari va tez yordam brigadalari jönatildi.

Alioğa tumanidagi HABAŞ zavodi HABAŞ guruhiga tegişli pölat quyiş korxonasi bölib, 1987-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bu töliq siklli majmua bölib, yiliga 4,5 million tonnagaça suyuq pölat işlab çiqariş quvvatiga ega. Zavod dengiz portidan taxminan 7 km masofada joylaşgan.

Içki işlar vaziri Mustafo Çiftçi portlaş oqibatida bir neça kişi jabrlanganini maʼlum qildi, biroq jarohatlanganlarning aniq sonini oçiqlamadi. Milliyet naşrining yozişiça, gap korxona işçilari haqida bormoqda.

Keyinçalik portlaş oqibatida halok bölganlar soni 16 nafarga yetgani, yana 13 kişi jarohatlangani, ulardan ikki nafarining ahvoli oğirligi aytildi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada ötgan Vazirlar Mahkamasi yiğilişi yakunlari böyiça xalqqa murojaatida maʼlum qildi.

NTV telekanali bergan maʼlumotga köra, vayronalar ostida odamlar qolmoqda. Qutqaruv xizmatlari yonğinni öçiriş va hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlarini davom ettirmoqda.