Ijtimoiy tarmoqda EgyptAir samolyotining yo‘qolishdan oldin joylashgan o‘rni tasviri paydo bo‘ldi
Flightradar24 portali EgyptAir aviakompaniyasining radarlardan yo‘qolishdan oldin joylashgan o‘rni suratini namoyish qildi.
ADS-B ma'lumotiga ko‘ra, samolyot Misr havo hududiga kirgan va O‘rta Yer dengizida, Misr qirg‘oqlaridan 50 km shimolda radarlardan yo‘qolgan.
EgyptAir aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ahmad Abdulning ma'lumotiga ko‘ra, samolyot bortida 56 nafar yo‘lovchi, 3 nafar qo‘riqchi, 2 uchuvchi va 5 nafar bort xizmatchisi bo‘lgan.
Bundan oldingi xabarlarda samolyotda 59 nafar yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgani aytilgandi.
MS804 reysi Parijdagi "Sharl de Goll" aeroportidan mahalliy vaqt bilan 18 may kuni soat 23:09da (Toshkent vaqti bilan 19 may kuni soat 03:09) havoga ko‘tarilgan. U Misrga qo‘nishiga taxminan 15 daqiqa vaqt qolganida aloqadan uzilgan.
Reys 2003 yilda EgyptAir tomonidan sotib olingan Airbus A320-200 samolyotida amalga oshirilgan.