Malayziyaning Malaysia My Second Home (MM2H) dasturi xorijliklarga mamlakatda uzoq muddat yashash hamda ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur kimlar uchun mo‘ljallangan? U qanday afzalliklarni taklif etadi? Malayziyaning qaysi hududlarida uy-joy xarid qilish mumkin?

MM2H dasturi nimani taklif etadi?
Malayziya so‘nggi yillarda Janubi-Sharqiy Osiyoda yashash va investitsiya qilish uchun istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida e’tibor qozonmoqda. Rivojlangan infratuzilma, xalqaro standartdagi ta’lim va tibbiyot xizmatlari, nisbatan maqbul narxlardagi ko‘chmas mulk bozori hamda qulay geografik joylashuvi mamlakatning asosiy afzalliklari sanaladi.
Shu omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan Malaysia My Second Home (MM2H) dasturi xorijliklarga Malayziyada uzoq muddat yashash imkonini beradi. Dastur doirasida ishtirokchilar ko‘chmas mulk xarid qilish, oilasi bilan istiqomat qilish hamda mamlakatning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
MM2H dasturi, ayniqsa, xorijda ikkinchi uy sotib olishni, investitsiyalarini diversifikatsiya qilishni yoki kelajakda oila bilan uzoq muddat yashash imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan.
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan tortib Penang, Johor Bahru va Langkavi kabi hududlargacha xorijlik xaridorlar uchun turli toifadagi ko‘chmas mulk variantlari mavjud. Zamonaviy turar joy majmualari, dengiz bo‘yidagi uylar va investitsiya loyihalari xaridorlarning maqsadiga qarab tanlanishi mumkin.

MM2H kimlar uchun mos?
MM2H dasturi Malayziyada doimiy fuqarolikni emas, balki uzoq muddat yashash imkoniyatini izlayotgan xorijliklar uchun ishlab chiqilgan. Dastur ishtirokchilari O‘zbekistondagi biznesi yoki shaxsiy faoliyatini davom ettirgan holda, Malayziyada ham istiqomat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Dastur quyidagi maqsadlarni ko‘zlayotganlar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin:
xorijda ikkinchi uy sotib olishni rejalashtirayotgan oilalar;
investitsiyalarni diversifikatsiya qilmoqchi bo‘lgan investorlar;
Janubi-Sharqiy Osiyoda biznes aloqalarini rivojlantirishni istayotgan tadbirkorlar;
farzandlariga xalqaro ta’lim olish imkoniyatini yaratmoqchi bo‘lgan ota-onalar;
pensiyadan keyingi hayotini qulay iqlim va rivojlangan infratuzilmaga ega mamlakatda o‘tkazishni rejalashtirayotgan fuqarolar.
Nega aynan Malayziya?
Malayziya xorijlik rezidentlar uchun qulay sharoitlari bilan ajralib turadi. Mamlakat siyosiy barqarorlik, rivojlangan transport infratuzilmasi, zamonaviy tibbiyot markazlari va xalqaro ta’lim muassasalari bilan tanilgan.
O‘zbekiston fuqarolari uchun esa quyidagi jihatlar alohida ahamiyatga ega:
Janubi-Sharqiy Osiyodagi qulay geografik joylashuv;
zamonaviy turar joy majmualarining keng tanlovi;
ingliz tilining biznes va kundalik hayotda keng qo‘llanishi;
xalqaro maktab va universitetlarning mavjudligi;
Osiyo hamda dunyoning yirik shaharlariga rivojlangan aviaqatnovlar;
ishbilarmonlik muhiti va qulay turmush tarzining uyg‘unligi.
Shuningdek, Malayziyada halol oziq-ovqat mahsulotlari keng tarqalgan, masjidlar infratuzilmasi rivojlangan va turli millat hamda din vakillari tinch-totuv yashaydigan jamiyat shakllangan. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlaridan kelayotgan oilalarning yangi muhitga moslashishini yengillashtiradi.

Malayziyada ko‘chmas mulk bozori nimalari bilan ajralib turadi?
Malayziya ko‘chmas mulk bozori Osiyoning ko‘plab yirik shaharlari bilan taqqoslaganda narx va takliflar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Xorijlik xaridorlar zamonaviy turar joy majmualari, servis ko‘rsatiladigan apartamentlar, hovlili uylar, dengiz bo‘yidagi villalar hamda premium turar joylarni tanlashi mumkin.
Uy-joy xarid qilishdan oldin xaridorning maqsadini aniqlab olish muhim. Ayrimlar investitsiya uchun ko‘chmas mulk xarid qilsa, boshqalar oilasi bilan yashash yoki ikkinchi uyga ega bo‘lishni maqsad qiladi. Shunga qarab hudud va ob’yekt turi tanlanadi.
Kuala-Lumpur
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy markazi hisoblanadi. Bu yerda biznes markazlari, xalqaro kompaniyalar, elchixonalar, zamonaviy tibbiyot muassasalari, savdo va ko‘ngilochar markazlar jamlangan.
Shahar, ayniqsa, zamonaviy infratuzilma va rivojlangan xizmatlar tizimiga ega hududda yashashni istovchilar uchun maqbul variant hisoblanadi. KLCC, Mont Kiara, Bangsar, Bukit Bintang hamda Damansara xorijlik xaridorlar orasida talab yuqori bo‘lgan hududlar sirasiga kiradi.
Penang
Penang dengiz bo‘yidagi turmush tarzi, tarixiy maskanlari va rivojlangan tibbiyot infratuzilmasi bilan mashhur.
Hudud tinchroq muhitni afzal ko‘radigan oilalar, masofadan ishlovchi mutaxassislar hamda pensiyadan keyingi hayotini Malayziyada o‘tkazishni rejalashtirayotganlar orasida ommalashgan.

Johor Bahru
Singapur bilan chegaradosh Johor Bahru strategik joylashuvi sabab investorlar e’tiborini tortmoqda.
Hudud transport aloqalari, yangi turar joy loyihalari va biznes imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Singapur bilan yaqin
iqtisodiy aloqalar ham ushbu yo‘nalishning jozibadorligini oshiradi.

Langkavi
Langkavi tabiat qo‘ynida, dengiz bo‘yida yashashni istovchilar uchun mos hududlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda asosan villalar, kurort uslubidagi turar joylar hamda dam olish maskanlari joylashgan. Xotirjam hayot tarzi va tabiiy muhitni qadrlovchilar uchun Langkavi maqbul tanlov bo‘lishi mumkin.
Melaka va boshqa hududlar
Tarixiy merosi bilan mashhur Melaka hamda rivojlanayotgan boshqa hududlarda ham ko‘chmas mulk bozori faol rivojlanmoqda.
Mazkur hududlar nisbatan maqbul narxdagi uy-joylarni izlayotgan hamda uzoq muddatli investitsiyani rejalashtirayotgan xaridorlar uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Oilalar uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
Malayziya oilaviy yashash uchun zarur infratuzilmaga ega davlatlardan biri hisoblanadi.
Mamlakatdagi xalqaro maktablarda Britaniya, AQSh, Avstraliya hamda International Baccalaureate (IB) dasturlari asosida ta’lim beriladi. Bu esa farzandlarining xalqaro ta’lim olishini istaydigan oilalar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Yirik shaharlarda savdo markazlari, istirohat bog‘lari, sport majmualari, restoranlar, tibbiyot markazlari va servis xizmatlari rivojlangan. Shuningdek, ko‘plab turar joy majmualarida xavfsizlik, konserj, mulkni boshqarish va boshqa xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ko‘chmas mulk xarid qilishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?
Har qanday xorijiy investitsiya singari, Malayziyada ham ko‘chmas mulk xarid qilishdan oldin huquqiy va moliyaviy masalalarni puxta o‘rganish tavsiya etiladi.
Xususan, quyidagi omillarga e’tibor qaratish muhim:
- MM2H dasturining amaldagi talablari va shartlari;
- xorijliklar uchun belgilangan ko‘chmas mulk xaridi qoidalari;
- ob’yekt joylashgan hududning rivojlanish istiqbollari;
- xarid bilan bog‘liq soliqlar va qo‘shimcha xarajatlar;
- mulkni boshqarish va undan foydalanish shartlari.
Mutaxassislar bilan maslahatlashish hamda ob’yektlarni joyiga borib ko‘rish yakuniy qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Malayziyaga tashrif dasturi
MM2H dasturi va Malayziya ko‘chmas mulk bozori bilan yaqindan tanishishni istovchilar uchun Toshkentdan Kuala-Lumpurga maxsus tanishtiruv safari tashkil etiladi.
4 kecha va 5 kun davom etadigan dastur doirasida ishtirokchilar:
Kuala-Lumpurning nufuzli hududlaridagi turar joy majmualari bilan tanishadi;
ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislar va loyiha vakillari bilan uchrashadi;
MM2H dasturi yuzasidan individual maslahat oladi;
xalqaro maktablar hamda oilaviy infratuzilma bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Safar davomida KLCC, TRX, Mont Kiara, Bangsar, Damansara Heighs va Desa ParkCity kabi hududlardagi loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan.Taklif etilayotgan paketlar yakka sayohatchilar, oilalar hamda investitsiya imkoniyatlarini o‘rganayotgan mijozlarning ehtiyojidan kelib chiqib shakllantirilgan.
Bog‘lanish
MM2H dasturi va Malayziyaga tashrif paketlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni Telegram-kanali yoki +998 77 443 3000 telefon raqami orqali olish mumkin.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki 30 nafar ishtirokchi uchun tur paketlariga 30 foizgacha chegirma taqdim etiladi.
Telegram - https://t.me/MalaysiaUyJoyMM2H
Reklama huquqi asosida






