Siyosatçi bu haqda Oq uy oldida jurnalistlarga aytib ötdi.
«Ha, men şunday qilaman», - dedi Tramp.
«Kim Çen In bilan munosabatlarimiz yaxşi. Unda juda qudratli 57 ta yadro quroli bor. Bunga yöl qöymaslik kerak edi, ammo bu qurollar unda bor. Men uni juda yaxşi bilaman. Bizda aqlli prezident bor ekan, uning işlari yaxşi böladi. Agar ahmoq prezident bölsa, uning işlari yaxşi bölmaydi», deb qöşimça qildi AQŞ prezidenti.
The Wall Street Journal naşrining yozişiça, Tramp Pxenyan yadroviy dasturi böyiça muzokaralarni qayta tiklaş uçun şu yil kuzda uçraşmoqçi.
Tramp va Kim Çen In Amerika yetakçisining birinçi prezidentlik davrida uç marta - 2018-yilda bir marta va 2019-yilda ikki marta uçraşgan. Tomonlar KXDR yadroviy infratuzilmasini yöq qiliş şartlari böyiça kelişa olmagaç, denuklearizatsiya böyiça muzokaralar kelişuvsiz yakunlangan edi.
Şu hafta boşida Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi muloqot taklifiga javob berganini aytib, «Kim Çen In menga doim katta hurmat bilan munosabatda bölgan», deb qöşimça qildi.













