2027-yil 1-yanvardan boşlab aholiga tovar va xizmatlarni bölib tölaş şarti bilan sotiş tizimida yangi qoidalar kuçga kiradi. Xususan, nasiya savdo faqat 12 oygaça bölgan muddatga beriladi. Xarid qilinayotgan narsaning narxi esa bazaviy hisoblaş miqdorining 250 baravaridan oşmasligi kerak. Iste’molçiga muddatli tölovni istalgan vaqtda qöşimça jarimalar, penya va komissiyalarsiz töliq yoki qisman muddatidan oldin uziş huquqi beriladi.

2027-yil 1-yanvardan boşlab aholiga tovar va xizmatlarni bölib tölaş şarti bilan sotiş tizimida yangi qoidalar kuçga kiradi. Bu böyiça «Aholiga muddatli tölov xizmatlari körsatilişini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.

Xususan, nasiya savdo faqat 12 oygaça bölgan muddatga beriladi. Xarid qilinayotgan narsaning narxi esa bazaviy hisoblaş miqdorining 250 baravaridan oşmasligi kerak. 1 sentyabrdan boşlab bu çegaraning maksimal miqdori 110 mln sömni taşkil etadi. Köçmas mulk, şuningdek, qonunçilikka muvofiq muomaladan çiqarilgan yoki muomalada bölişi çeklangan boşqa mulk muddatli tölov xizmati ob’yekti bölişi mumkin emas.

Qaror bilan muddatli tölov şartnomalariga qöyiladigan talablar ham belgilanyapti. Iste’molçiga muddatli tölovni istalgan vaqtda qöşimça jarimalar, penya va komissiyalarsiz töliq yoki qisman muddatidan oldin uziş huquqi beriladi. Masalan, 5 mln sömlik telefon 12 oylik muddatga bölib tölaşga xarid qilinganda, yakuniy narx 6 mln sömni taşkil etadi, deb olaylik. Bunda har oylik tölov 500 ming söm böladi. Xaridor 3 oy davomida şunça summadan oylik tölovlarni amalga oşirdi, qolgan miqdorni esa bittada tölab yubormoqçi. Ayni paytdagi tartibga köra sotuvçi undan qolgan 9 oy uçun ham muddatli tölov komissiyasi hisoblangan miqdor - 4,5 mln sömni talab qiladi. Yangi qoidalarga köra esa, xaridor qolgan davr uçun 3 mln 750 ming söm tölaydi va telefonning yakuniy narxi unga 5 mln 250 ming sömga tuşadi. Bunda faqat dastlabki 3 oy uçun oyiga 83 ming sömdan qöşimça tölov undirilgan böladi.

Şuningdek, barça tölovlarning umumiy miqdori - vositaçilik mukofotlari, jarimalar, penyalar va boşqa javobgarlik çoralarini öz içiga olgan holda yiliga muddatli tölov summasining 50 foizidan oşmasligi kerak. Masalan, 10 mln söm qarzingiz bölsa, jarimalar qança köpaymasin, 5 mln sömdan oşib ketişiga qonunan yöl qöyilmaydi.

Dökonlar tovarni muddatli tölovga berayotganda ustama puli qança ekanligini va tovarning yakuniy narxi qançaga tuşişini şartnomada alohida, aniq qilib körsatişi şart.

Öz navbatida, tovar iste’mol kreditlarini beruvçi taşkilotlar BHMning 3 baravarigaça bölgan şartnomalar va ularning ijrosi töğrisidagi ma’lumotlarni kredit byurolariga yuborişi majburiy bölmaydi.

Hujjatga köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab mamlakatda muddatli tölov xizmatlari operatorlari faoliyati joriy etiladi. Bunday faoliyat bilan şuğullaniş huquqi kompaniya Markaziy bank tomonidan şakllantiriladigan maxsus reyestrga kiritilganidan keyin vujudga keladi. Banklar va mikromoliya taşkilotlari Markaziy bankni xabardor qiliş orqali, boşqa yuridik şaxslar esa regulyatorda hisob-kitob röyxatidan ötgandan söng reyestrga kiritiladi.

Qarorga köra, muddatli tölov xizmatlari operatorlari öz faoliyatini amalga oşirişda quyidagilarga majbur:
 

  • tartibga soliş va nazorat qiliş böyiça Markaziy bankning prudensial normativlari va talablariga rioya qiliş;
  • muddatli tölov xizmatlarini körsatişda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarni raqamli identifikatsiya va verifikatsiya qilişni amalga oşiriş;
  • tuziladigan barça muddatli tölov şartnomalari va ularning ijrosi töğrisidagi ma’lumotlar böyiça kredit byurolari bilan kredit axboroti almaşinuvini yölga qöyiş;
  • muddatli tölov ajratiş töğrisida qaror qabul qilişda Markaziy bank tomonidan belgilangan maksimal qarz yuki körsatkiçiga rioya qiliş.

Bundan taşqari, tovar iste’mol kreditlarini ajratuvçi, çorak yakunlari böyiça tovarlar, işlar va xizmatlarni realizatsiya qilişdan olingan aylanmasi 500 mln sömdan oşadigan hamda muddatli tölov xizmatlari uluşi 50 foiz va undan ortiqni taşkil etadigan taşkilotlar hisob-kitob röyxatidan ötişlari, reyestrga kirişlari va muddatli tölov operatorlari uçun belgilangan talablarga rioya qilişlari şart böladi.