Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) öz tarixidagi eng oğir Ebola epidemiyasiga duç keldi. Reuters agentligining mamlakat hukumati tomonidan 18-avgust kuni taqdim etilgan ma’lumotlariga köra, Bundibudjio ştammi bilan kasallanişning laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holatlari soni 5 ming kişidan oşgan, ulardan 2378 nafari vafot etgan. Virusdan ölimlar soni böyiça hozirgi epidemiya 2018–2020-yillardagi Ebola kasalligining avvalgi yirik tölqinidan özib ketdi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) ta’kidlaşiça, hozirgi epidemiya öz kölami böyiça 2014–2016-yillarda Ğarbiy Afrikada 11 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bölgan Ebola epidemiyasidan keyin ikkinçi örinda turadi. Şu bilan birga, hozirgi epidemiya kuzatuvlar boşlanganidan buyon kasallanganlar sonining eng yuqori ösiş sur’atini namoyon etmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adanom Gebreyesusning sözlariga köra, «hozirgi sur’atlar bilan» Kongodagi Ebola epidemiyasi uşbu kasallik tarqalişi tarixidagi eng halokatlisiga aylaniş xavfi bor. Uning ta’kidlaşiça, sönggi uç oy içida vaziyat keskin yomonlaşgan, epidemiya KDR şarqida hukumat qöşinlari va M23 isyonçi guruhi örtasidagi qurolli töqnaşuv hamda qoçoqlar oqimi tufayli yanada oğirlaşmoqda.

«Oçiğini aytaylik, biz epidemiya nazorat ostiga olinadigan paytdan ança yiroqmiz», - dedi JSST rahbari.

Kongodan taşqarida Ebola isitmasining mamlakatga çetdan kirib kelgan holatlari ham ma’lum. JSST ma’lumotlariga köra, kasallikning tasdiqlangan holatlari yana ikki mamlakatda qayd etilgan: Uganda - 20 ta holat, 2 ta ölim;

Fransiya - bitta holat, bemor 4-iyul kuni şifoxonadan çiqarilgan, u Kongoda gumanitar missiya doirasida işlagan.

KDR soğliqni saqlaş idoralari 15-may kuni mamlakatning şimoli-şarqiy Ituri provinsiyasida infeksiya öçoği aniqlanganini va hozirgi Ebola epidemiyasi boşlanganini e’lon qildi. 17-may kuni JSST unga xalqaro ahamiyatga molik favqulodda vaziyat maqomini berdi.

Ebola virusi keltirib çiqaradigan infeksiya ölim ehtimoli yuqori bölgan kam uçraydigan oğir kasallikdir. Ebola isitmasining qözğatuvçilari filoviruslar oilasiga mansub Orthoebolavirus turkumidagi viruslardir. Bugungi kunga qadar oltita ortoebolavirus ma’lum bölib, ulardan uçtasi - Kongodagi daryo nomi bilan atalgan Ebola virusi, Sudan virusi va Bundibudjio virusi keng kölamli epidemiyalarni keltirib çiqarişi mumkin.