Unutilgan “obnal” muammosi, tijoriy ijara böyiça taşabbus va Beeline bilan affillanayotgan Perfectum. Özbekistonlik tadbirkorlar davlat rahbari bilan muloqotda qanday fikr va taşabbuslarni ilgari surdi?
Prezident Şavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni, tadbirkorlar bilan an’anaviy muloqotida öz nutqini boşlaşdan oldin yangi davrning ilk pallalarida: “Ikkita iş örni yaratgan tadbirkorni yelkamda kötarib yurişga tayyorman” deya bergan va’dasida hali ham sobit ekanini aytdi:
“Ikkita-uçta iş örni taşkil qilganlarni yelkamda kötaraman, deganimni hozir ham unutganim yöq. Yelkamda kötarişda davom etişga sizlarning oldilaringda yana bir marta va’da berib, keyin ma’ruzamni boşlamoqçiman.
Bitta narsani aytişim kerak: bilasizlarmi, biz bir-birimizga juda yaqin böldik, davlat bilan biznes orasidagi işonçli köprik mustahkam bölyapti. Xalqqa mana şunday iş joylari yaratganlaring uçun sizlardan minnatdorman”.
Çempion tadbirkorlar kitob yozadi
Davlat rahbari “çempion tadbirkorlar” deya e’tirof etilgan yirik biznesmenlarga murojaat qilib, islohotlardan avvalgi davrda tadbirkorlik muhiti qanaqa bölgani, yangi davrda nimalar özgargani va kelgusida nimalar qilinişi kerakligi haqida kitob yozişni söradi.
“Mana, çempion tadbirkorlar ötiribdi. Ular özlarining 10 yillik tajribasini, [avval] nima bölgani, nima böldi va nima bölişi kerakligi töğrisida bir kitob yozsalaring, men sizlardan minnatdor bölaman. Bilasizlarmi bu nima uçun kerak? Oralaringda yoş tadbirkorlar ötiribdi – bugun birinçi marta 25 ming tadbirkor qatnaşyapti, sizlarning yöllaring ularga örnak böladi. Sizlarga öxşaşga harakat qiladi. Çempion tadbirkorlarimiz, sizlar bizning faxrimiz, qahramonlarimiz desak, balandparvoz gap emas, töğri böladi. Sizlar qança qiyin yöllardan ötgansizlar. Lekin bularga (yangi tadbirkorlarga – tahr.) qança oson bölyapti, şu osonlikni inobatga olib ikki karra köp natijaga erişiş böyiça ularni da’vat qilsalaring, men sizlardan minnatdor bölaman”.
Perfectum va VEON bitimi
Yiğilişda söz olgan yana bir yirik tadbirkor, Perfectum aloqa operatori ta’sisçisi Farhod Mamajonov VEON xalqaro holdingi (Beeline Uzbekistan kompaniyasining ham egasi) bilan Özbekistondagi telekommunikatsiya loyihasi böyiça 200 mln dollarlik kelişuvga erişgani, endi Raqobat qömitasining ruxsatini kutayotganini aytib, bu borada davlat rahbaridan yordam söradi.












