To‘plamdan mavsumning eng ommabop yo‘nalishlari o‘rin olgan: Antaliya, Marmaris, Fethiye, Bodrum, Karlovi Vari va Sharm-ash-Shayx.

Antaliya - 10 million so‘mdan boshlanadi
To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar har kuni amalga oshiriladi.

Antaliya O‘rta Yer dengizida klassik dam olishni afzal ko‘radiganlar uchun juda mos keladi: mehmonxonalarning keng tanlovi, All Inclusive tizimi, oilaviy ko‘ngilochar dasturlar, plyajlar va rivojlangan kurort infratuzilmasi.
Har kunlik parvozlar jadvali sayyohlarga safar uchun eng qulay sanani tanlash imkonini beradi.
Marmaris - 9 million so‘mdan boshlanadi
To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar seshanba kunlari bajariladi.

Marmaris o‘zida dengiz, yashil tog‘lar, go‘zal qo‘ltiqlar hamda yaxtalar, kafe va restoranlarga boy sohilbo‘yini mujassam etgan.
Kurort sokin plyaj dam olishi uchun ham, mazmunli sayohat uchun ham mos keladi.
Fethiye – 10 million so‘mdan boshlanadi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar seshanba kunlari amalga oshiriladi.

Fethiye o‘zining shaffof dengizi, go‘zal plyajlari, tog‘ manzaralari va mashhur O‘ludeniz Moviy lagunasi bilan nom qozongan. Bu yo‘nalish, ayniqsa, tabiat, sayr va faol hordiqni qadrlaydiganlarga manzur bo‘ladi.
Bodrum – 13 million so‘mdan boshlanadi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.


















