«Lester»ning bir qator futbolçilari jamoa hujumçisi Jyeymi Vardi bilan gaplaşgan va uni jamoada qolişga undagan.

Bundan oldinroq, Vardi Londonning «Arsenal» jamoasiga ötiş arafasida ekani xabar qilindi. Bu xabarni Angliyaning amaldagi çempionlari ustozi Klaudio Raneri ham tasdiqladi.

Vardi 6 iyun kuni londonliklar jamoasida tibbiy körikdan ötib, şartnomaga imzo çekişi kutilayotgandi. Ammo bu röy bermadi va futbolçi terma jamoa bilan Fransiyaga, Yevropa çempionatida iştirok etiş uçun jönab ketdi.

The Telegraph xabariga köra, Vardi bilan «Lester»ning Kasper Şmeyxel, Ues Morgan va Robert Hut kabi yetakçilari gaplaşgan va uni jamoadan ketmaslikka çaqirgan.

«Arsenal» Vardi uçun 20 million funt tölab, unga 4 yil davomida 24 million funt miqdorida maoş bermoqçi.

Yakunlangan mavsumda 29 yoşli Jyeymi Vardi «Lester» uçun APLda 36 uçraşuvda maydonga tuşib, 24 gol muallifi böldi va 8 marta golli pas uzatdi.

«Arsenal» Vardidan taşqari, «Lester»ning boşqa yetakçilari, Riyoz Mahrez va Ngolo Kanteni ham öz safiga qöşib olişga harakat qilmoqda.