Yaponiyaning Toyota avtokonserni jahon böylab 2,87 million dona avtomobilini qaytarib oladi. Bunga, ularning tutun çiqariş qurilmalaridagi ehtimoliy nuqsonlar mavjudligi sabab bölgan, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi kompaniya bayonotiga tayangan holda.
Bu qaror, 2006-2015 yillarda işlab çiqarilgan Toyota Prius va Auris gibrid maşinalari hamda Toyota Corolla modeliga tegişli ekani aytilmoqda.
Avvalroq, avtokonsern Prius va Lexus CT200h modellarining 1,43 mln donasini çaqirişini e'lon qilgan edi. Ularning xavfsizlik yostiqçalarida nuqson aniqlangani xabar qilingandi.
Qayd etilişiça, ikkala qaror ham baxtsiz hodisalar bilan boğliq emas.
Foto:Google image











