Yaponiyaning Toyota kompaniyasi yangilangan Lexus NX krossoverini taqdim etdi. Model sotuvi 2026-yil oxirida boşlanadi.

Restayling qilingan Lexus NX törtta versiyada taqdim etiladi - ilk bor zaryadlanuvçi gibrid paydo böladi:

  • 450h+ - zaryadlanuvçi gibrid, 2,5 litrli dvigatel, töliq ğildirakli uzatma. Dvigatel quvvati - 326 ot kuçi, 100 km/soatgaça tezlanişi - 6 soniya. Elektr quvvatidagi yuriş masofasi: Yevropaning WLTP siklida 100 km dan ortiq.

  • 350h - gibrid, 2,5 litrli dvigatel, töliq ğildirakli uzatma. Umumiy quvvati 245 ot kuçi, 100 km/soatgaça tezlanişi - 7,1 soniya;

  • 300h - gibrid, 2,5 litrli dvigatel, old ğildirakli uzatma. Quvvati 197 ot kuçi, 100 km/soatgaça tezlanişi - 9,2 soniya;

  • 150 ot kuçiga ega 2,0 litrli qatorli tört silindrli içki yonuv dvigateli va old ğildiraklarga tortiş tizimi bilan jihozlangan.

347882608434465

Yangilangan NX asosida yangi avlod gibrid tizimi yotadi. Uning konstruksiyasida transmissiya, elektr motor va quvvatni boşqariş tizimini yagona ixçam modulga birlaştirgan integrallaşgan e‑Axle bloki qöllanilgan.

Zaryadlanuvçi gibrid (450h+) uçun yangi litiy-ion batareyasi işlab çiqildi: quvvati 8 foizga, siğimi esa 30 foizga oşdi (Şimoliy Amerika bozori uçun siğimning ösişi 8 foizni taşkil etadi). Tez zaryadlaş funksiyasi mavjud, zaryadlaş portining qopqoği esa elektr yuritmaga ega böldi.

347882608471992

E‑Four töliq ğildirakli uzatma tizimi ham qayta işlandi: orqa elektr motor endi nafaqat tezlaniş va burilişlarda, balki töğri çiziqda harakatlanayotganda ham işlab, doimiy töliq uzatmani taʼminlaydi va sirpançiq yuzalarda ilaşişni yaxşilaydi.

Eksteryerdagi özgarişlar nuqtali - xromli elementlar örniga qora detallar, şuningdek, yangi yoritiş texnikasi paydo böldi: oldinda - integratsiyalaşgan buriliş signallari va kunduzgi yuriş çiroqlari bilan ikki çiziqli, orqada esa - Lexus uçun ilk bor qöşaloq L-simon çiroqlar.

347882609957427