2016 yil 30 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalari agentligi tomonidan “2016 yil yanvar-may oylarida aholini xorijda iş bilan ta'minlaş, ularning mehnati va mehnat muhofazasini ta'minlaş hamda boşqa masalalar yuzasidan Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan amalga oşirilgan işlar” mavzusida brifing ötkazildi. Unda Agentlik rahbari Uluğbek Nazarov, taşkilotning mutasaddilari va OAV xodimlari iştirok etişdi.

Kiriş sözida TMMMA rahbari U.Nazarov Özbekiston Respublikasining mustaqilligiga çorak asr tölişi qalblarimizga ulkan quvonç baxş etişini, respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylanişi, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini quriş sari dadil odimlari ulkan ijtimoiy-tarixiy jarayon ekanini ta'kidladi.

Ma'lumki, mamlakatimizda izçil tarzda davom etayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi fuqarolarning mehnat qilişga bölgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşiriş hisoblanadi. Mamlakatimizda uşbu dolzarb masalaga dasturiy yondaşuv joriy etilgan bölib, aniq manzilli çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Bilamizki, hukumatimiz belgilagan dastur böyiça bu yil 992,7 ming nafar iş örni taşkil etiş rejalaştirilgan.

Fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquqi bölgan mehnat huquqini röyobga çiqarişning yana bir muhim yönalişi – taşqi mehnat migratsiyasi sohasidir. Özbekiston Hukumati qarorlariga köra Özbekiston fuqarolarini çet ellarda mehnat faoliyatini amalga oşiriş hamda çet ellik fuqarolarni Özbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun jarayonining taşkiliy-huquqiy ta'minotini Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi amalga oşiradi.

Qonuniy asosda mehnat qiliş çet elda işlovçilar huquqlarini kafolatlaşning muhim şartidir.

Yuqorida qayd etilgan qaror ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan mehnat migratsiyasi yönalişlaridan ikkitasini şartli ravişda körsatib ötiş mumkin. Birinçisi — bu agentlik tomonidan berilgan ruxsatnoma böyiça xususiy mehnat şartnomasi asosida fuqarolarning xorijga çiqişi hisoblanadi. Bugun dunyoning öttizga yaqin mamlakatida fuqarolarimiz şu tariqa mehnat qilmoqdalar. Sönggi ikki yil davomida Çexiya, Turkiya, Şveytsariya, Fransiya, BAA, Hindiston va boşqa mamlakatlarda işlaş uçun şunday ruxsatnomalar berilgan.

Taşqi mehnat migratsiyasining ikkinçi yönalişi – davlatlararo, hukumatlararo kelişuvlar, bitimlar orqali taşkiliy mehnat faoliyatini uyuştirişdir. 2006 yil Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi örtasida Janubiy Koreyaga bandilikka ruxsat beriş tizimi böyiça işçi yuboriş töğrisida Memorandum imzolangan bölib, mazkur Memorandum har ikki yilda uzaytirilib kelinmoqda. Uşbu Memorandum doirasida 2007-2016-yillar davomida koreys tili testlari taşkillaştirilib, ulardan muvaffaqqiyatli ötgan 25543 yurtdoşimiz Koreya Respublikasida işga joylaştirildilar. Ayni paytda bu mamlakatda 16885 Özbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.

Hozirgi kunda hamkorlikni kengaytiriş maqsadida bir neça yönalişda iş olib borilmoqda. Xususan, Yaponiya bilan 2012 yil 28 mayda Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Yaponiyaning ta'lim sohasidagi hamkorlik böyiça xalqaro taşkiloti (JITCO) örtasida özaro Anglaşuv memorandumi imzolangan. Bugungi kunga qadar yaponiyalik şeriklar bilan bir qator uçraşuv va muzokaralar ötkazildi, tegişli bitimlar imzolandi. Şu kunlarda maxsus markaz taşkil qiliş rejalaştirilgan, şuningdek, Özbekiston — Yaponiya axborot markazi işga tuşirilmoqda.

Şuningdek, migratsiya sohasida çet el mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlaş maqsadida Rossiya, Çexiya, Polşa, Ömon Sultonligi va boşqa davlatlar bilan hamkorlik örnatilmoqda. Dunyo davlatlari bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş uçun Halqaro Migratsiya Taşkiloti, “Praga jarayoni” hamda “Budapeşt jarayoni” xalqaro tuzilmalari bilan hamkorlik yölga qöyilgan.

Özbekiston Respublikasi globallaşuv davrida jahon hamjamiyatiga integratsiyalaşuvi barobarida migratsiya jarayonlari kuçayişi tabiiydir. Yurtimizning isqtisodiy ösişlari, beqiyos yutuqlarimiz dunyoning nazarini bizga qaratmoqda. Boşqa mamlakatlarning mutaxassislari ham Özbekistonga işga kelmoqdalar. Masalan, 2015 yil davomida mehnat faoliyatini olib boriş uçun jalb qilingan çet el fuqarolariga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini, ularni jalb qilayotgan korxonalarga xorijiy işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş ruxsatnomasini beriş böyiça korxonaning tegişli ruxsatnoma va tasdiqnoma olişi böyiça 7813 arizalari körib çiqildi. Xorijiy işçi kuçini jalb qilayotgan 1469 ta korxona (iş beruvçi)ga xorijiy işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş ruxsatnomalari hamda 6344 nafar xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari rasmiylaştirildi. 2016 yil yanvar - may oylari davomida mehnat faoliyatini olib boriş uçun jalb qilingan çet el fuqarolariga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini, ularni jalb qilayotgan korxonalarga xorijiy işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş ruxsatnomasini beriş böyiça maxsus komissiyaning Agentlikda bölib ötgan 22 ta yiğilişida korxonalarning tegişli ruxsatnoma va tasdiqnoma olişi böyiça 3801 arizalari körib çiqildi. Xorijiy işçi kuçini jalb qilayotgan 669 ta korxona (iş beruvçi)ga xorijiy işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş ruxsatnomalari hamda 3152 nafar xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomalari rasmiylaştirildi (muddati uzaytirildi).

Xorijda işlagan işçi yangi, zamonaviy kasblarni örganib, kasb malakasini oşirib yurtga qaytadi. Agentligimiz Mehnat vazirligi va tegişli bandlik xizmatlari bilan hamkorlikda xorijdan qaytgan işçilarni işga joylaştiriş sohasida ham muayyan işlarni amalga oşirmoqda.

Brifing söngida Mehnat vazirligi faoliyatini yoritişda faollik körsatgan iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan, bir gurux jurnalistlarga esdalik sovğalari topşirildi.