Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolarga 40 ming rublgaça bölgan miqdordagi xorijiy valyutani pasportsiz ayirboşlaş imkonini beruvçi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida çop etilgan.
Mazkur qonun 15 iyun kuni Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan hamda 29 iyunda Federatsiya Kengaşi tomonidan tasdiqlangan.
Yangi qonun valyuta ayirboşlaş operatsiyalarining pul miqdorini 15 mingdan 40 ming rublgaça kötaradi. Bunda mijozning şaxsini tasdiqlaş talab qilinmaydi va bunda fuqarolar tomonidan pasport körsatilmaydi. Şu tariqa, mijozning şaxsini tasdiqlaşni talab qiluvçi summa miqdori deyarli uç barobar oşadi.
Valyutani sotiş yoki sotib oliş böyiça operatsiyalar amalga oşirilganda, mijozning şaxsini oson aniqlaş uçun közlangan pul qiymati qonunan 40 ming rubldan 100 ming rublgaça oşiriladi, bunda ular pasportning özini körsatişsa, kifoya.
Qonun operatsion yukni hamda xorijiy valyutani ayirboşlaş operatsiyalarini rasmiylaştirişda banklarning xarajatini kamaytiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Mazkur qonun uning rasman e'lon qilingan kunidan boşlab kuçga kiradi.










