Rossiya va Ukraina örtasida AQŞ vositaçiligida Abu-Dabida taşkil etilgan tinçlik muzokaralarining navbatdagi raundi yakuniga yetdi. Biroq mojaroni hal qilişda sezilarli siljişga erişilmadi.
Forbes naşrining yozişiça, tomonlar asirlarni keng kölamda almaşiş böyiça yana bir bor kelişib olgan bölsa-da, Rossiya-Ukraina uruşi bilan boğliq uç asosiy masala - Ukraina hududlari, uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari hamda öt oçişni töxtatiş mexanizmlarining birortasi böyiça ham bitimga erişolmadi.
1. Hududiy masala
Putin bu hududlar Rossiyaga tegişli ekanini daʼvo qilib, Ukraina kuçlarini Lugansk, Donetsk, Zaporojye va Xerson viloyatlaridan qöşinlarini olib çiqib ketişga bir neça bor çaqirgan edi.
Şu bilan birga, tahlilçilarning maʼlumotlariga köra, mazkur tört viloyat hududining bir qismini hanuz Ukraina kuçlari nazorat qilmoqda. Şunga qaramay, Rossiyaning Ukraina hududlariga nisbatan pozitsiyasi özgarmasdan qolmoqda. Rossiya delegatsiyasi rahbari, prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy muzokaralarda: “Rossiya yerining har bir qariçi Rossiyaga qaytariladi”, - deb bayonot berdi.
AQŞ takliflaridan birida “Donbass ustidan töliq nazorat örnatişga Rossiyaga imkon beriş maqsadida Ukrainaning maʼmuriy çegaralarini qayta körib çiqiş” közda tutilgan edi. Biroq Zelenskiy Ukraina “köçmas mulk obyekti emas”ligini aytib, Rossiyaning uşbu hududlarni öz nazoratiga beriş haqidagi talablarini rad etdi. Buning örniga Ukraina tomoni amaldagi front çiziği böylab öt oçişni töxtatiş tarafdori ekanini bildirdi. Abu-Dabidagi tinçlik muzokaralari davomida tomonlarning heç biri mazkur masalalar böyiça öz pozitsiyasini özgartirmadi.
2. Uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari
Muzokaralar jarayoni davomida Ukraina öz suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiliş uçun işonçli, yuridik jihatdan majburiy bölgan kelişuvlarga erişişga harakat qildi. Amerikalik muzokaraçilar ham Ukraina uçun xususan, Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasiga (kollektiv mudofaa töğrisida) yoki 4-moddasiga (alyans aʼzolaridan biriga tahdid yuzaga kelganda maslahatlaşuvlar ötkazişni nazarda tutuvçi) tayangan holda, NATO namunasidagi tuzilmani yaratişni taklif etdi.
Rossiya esa özgaça pozitsiyada turib, Ukrainaga NATO aʼzoligi berilmasligi kerakligini taʼkidladi. Maʼlumotlarga köra, Medinskiy Abu-Dabidagi tinçlik muzokaralarida uşbu pozitsiyani yana bir bor tilga olib, Rossiya Ukrainaning har qanday harbiy ittifoqqa qöşilişiga qarşi ekanini bildirgan.













