6 iyul Özbekiston masjidlarida Ramazon hayiti munosabati bilan hayit namozi tadbirlari bölib ötdi.
Özbekiston rahbarining 2016 yil 1 iyuldagi “Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq bu yil ham yurtimizda uşbu ayyom bayram qilinmoqda. Özbekistondagi barça jome' masjidlarida mömin-musulmonlar hayit namozlarini emin-erkin ado etib, Yaratgandan yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalik, tökin-soçinlik va farovonlik bardavom bölişini tilab, duo qildi. Bir-birini bayram bilan tabriklab, sovğalar ulaşdi.

Bu yil “Hazrati imom” markaziy masjidi har yilgidan-da namozxonlar bilan gavjum böldi. Muftiy hazratlari barçani uşbu uluğ bayram bilan qutlab, tinç va osuda yurtda yaşayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uçun Yaratganga takror va takror şukronalar aytdilar. Jomega taşrif buyurgan 50 mingdan ziyodroq namozxonlar emin-erkin hayit namozini ado etib, bir-birlarini bayram bilan samimiy muborakbod etişdi. Mohi mahbubning fayzu tarovati yuzlarida balqib turgan  namozxonlar, közlaridan oqqan sevinç yoşini berkitolmadilar. Qalblar erib turgan şu fursatlarda ketma-ket duolar qildilar.  

Andijon viloyatidagi masjidlarda ham muborak hayit namozi öqildi. 

– Yaratganga şukr, muborak Ramazon hayitini yaxşi kayfiyatda, kötarinki ruhda ötkazayapmiz, – deydi Özbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat boş imomi Nuriddin Xoliqnazarov. – Aholiga bayram şukuhini singdiriş, diniy amallarni ado etiş uçun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni tuşuntiriş maqsadida mahallalarda keng kölamli tuşuntiriş işlari olib bordik.
Jumladan, Andijon viloyati Oltinköl tumanidagi jome masjidlarida erta tongda öqilgan namozdan söng nuroniylarimiz Yaratgandan  yurtimiz ravnaqi, baxtu iqbolini, mustaqilligimizning bardavom bölişini sörab duoga qöl oçdilar. Hayit namoziga kelgan insonlar yuz-köziga boqib,  bugungi kundan beadad şukronalik hissini tuyasiz.
- Uşbu ayyom kunlari keksalarga alohida hurmat-ehtirom körsatiş, bemorlar holidan  xabar olib ğamxörlik va yordam körsatiş kabi xayrli an'analarimiz yanada yorqinroq namoyon böladi, - deydi Oltinköl qişloq fuqarolar yiğini raisi Isomiddin Mirzavaliyev.  

 

Surxondaryo viloyatida ham muborak Ramazon hayiti milliy qadriyatlarimizga mos yuksak saviyada nişonlanmoqda. 
Saxovat, ezgulik bayrami munosabati bilan viloyatdagi mahalla va qişloqlarda, har bir xonadonda obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi, köça va xiyobonlar, ariq-zovurlar tozalandi. Tarixiy obida va muqaddas qadamjolar, qabristonlar atrofi tartibga keltirildi.

Haqiqatan ham, Hayit bayrami xursandçilik, şukronalik bayrami. Zero, tinçlik-omonlik, tansihatlik, Ramazonga beriladigan ajru-mukofotlar köpligi aynan bayram qilinişiga asosiy omildir, desak mubolağa bölmaydi. Gunohlardan poklangan qalb, ezgulikka töladi. Ezgulikka limmo-lim dillardan tökilgan duolar esa beşak ijobat bölgay, inşoalloh!
Masjidga kelgan nuroniy otaxonlarimiz ana şunday qutluğ, falak darvozasi oçilgan damlarda yurtga tinçlik-farovonlik, dasturxonlarga tökinlik, qut-baraka, kelasi yil Ramazon oylariga hamda hayit kunlariga bekamu-köst yetib bormoğligimizni sörab duolar qilişdi.
Barçamizga yana bir bor Ramazon hayiti muborak bölsin, aziz Yurtdoşlar.

Maqola Muslim.uz va Uza.uz materiallari asosida tayyorlandi