Bugun, 3-oktabr kuni soat 11:36 da Yangihayot tumani, Sergeli 4-dahasida joylaşgan yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Dastlab vaziyat Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi tomonidan töliq nazoratga olingani maʼlum qilingan.

Keyingi axborotda vazirlik gumbaz qismida penopoliuretan yonib zararlanganini va yonğin soat 12:04 da bartaraf etilganini bildirgan.

Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Yonğinning kelib çiqiş sababi va zarar miqdori hozirça oçiqlanmagan.