Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ boş kotibi Jon Kerri bilan muzokara ötkazganidan söng Moskvaning Suriya prezidenti Başar Asad taqdiriga nisbatan munosabati özgarmadi. Bu haqida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar berdi. Uning sözlariga köra, Rossiya Jyeneva muzokaralarini davom ettiriş tarafdori.
“Asadning taqdiriga kelsak, Rossiyaning yaxşi taniş bölgan pozitsiyasida heç qanday özgariş sodir bölmadi”, - dedi Peskov.
Peskovning ta'kidlaşiça, Putin va Kerri Suriya masalasini muhokama qilişgan, ammo bu yerda harbiy hamkorlik haqida söz bormagan.
Bundan taşqari, Kerri bilan ötgan uçraşuvda Putin qurolni kamaytiriş töğrisidagi bitimni muhokama qilmagan.











