Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi 13-noyabr kuni Bahraynda AQŞning erta ogohlantiriş radarini nişonga olganini maʼlum qildi. Reuters'ning yozişiça, bu – sentabr boşidan buyon arab davlatlaridagi Amerika harbiy obyektlariga qilingan ilk hujum daʼvosi böldi.

Muhofizlar korpusi bu zarba Eron janubidagi Hormozgon viloyati Sirik okrugidagi telekommunikatsiya minorasiga qilingan AQŞ hujumiga javob ekanini aytgan. Korpus öşa hujumni havo hujumi deb taʼriflagan.

"Bu tajovuzkor duşmanga Hörmuz böğozidagi havo provokatsiyalari va neft kontrabandasini töxtatişi kerakligi haqida jiddiy ogohlantirişdir. Agar bu qoidabuzarliklar va tajovuzkorona harakatlar takrorlansa, Korpusning Havo-kosmik kuçlari çeklovsiz jangga kirişişga töliq şay turibdi", deya korpus bayonotini keltirmoqda Al Jazeera naşri.

Eron tomonining bu daʼvosi AQŞ bilan uruşda mört sukunat hukm surayotgan paytda yangradi. Mojaro 28-fevralda AQŞ va Isroilning Eronga bergan zarbalari bilan boşlangan, keyin butun mintaqaga yoyilgandi.

Eron Fors körfazi davlatlaridagi AQŞ bazalariga raketa va dronlar bilan hujum uyuştirgan. U jahon neft va gaz taʼminoti uçun hayotiy ahamiyatga ega bölgan Hörmuz böğozi orqali kemalar qatnovini ham çekladi. Vaşington esa bunga javoban Eron portlarini dengizdan blokadaga olgan.

AQŞ va Bahrayn hozirça Eronning zarbalari yuzasidan izoh bermadi.