Turkiya boş vaziri Binali Yildirim Turkiya televideniyesi orqali namoyiş qilingan matbuot anjumanida Gulenni yaşirib ötirgan mamlakat Turkiyaga döst emasligini ta'kidladi.
“Gulen – terrorçi taşkilot asosçisi. Uni yaşirayotgan mamlakat Turkiyaga döst emas, bu mamlakat Turkiyaga qarşi yaşirin uruş olib bormoqda. Davlat töntaruvi harakati taşkilotçisi jazolanişi lozim”, - dedi u.
Turk hukumati harbiy töntaruvni hozirda AQŞda istiqomat qiluvçi Gulen asos solgan “Xizmet” harakati tarafdorlari amalga oşirganiga işonçi komil ekanligini ma'lum qilgan.
Istanbul sudi 2014 yilning dekabrida terrorçilik taşkilotini taşkil etganlikda asosli gumon qilinayotgan Gulenni qölga oliş uçun rasmiy order bergan. Gulenning tarafdorlari Turkiyada sodir bölgan voqealarga aloqadorligini inkor etişgan. Ular bunday ayblovni “öta mas'uliyatsiz” deb ataşdi.
Şuningdek, Yildirim harbiy töntaruv harakatlaridan söng turk maxsus xizmatining faoliyati qayta körib çiqilişini ma'lum qilgan.











